Ushbu tadqiqot davlat qarzining iqtisodiy barqarorlikka ta'sirini kompleks tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada davlat qarzining nazariy asoslari, uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'siri va barqaror rivojlanishga ta'siri ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, davlat qarzi ma'lum chegaralarda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishi mumkin, ammo haddan tashqari yuqori qarzi darajasi fiskal inqirozga olib kelishi va iqtisodiy barqarorlikni buzishi mumkin. Maqolada O'zbekiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar misolida davlat qarzi boshqaruvi bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Ushbu maqolada o‘smir yoshdagi og‘ir atletikachilar uchun ratsional ovqatlanishni samarali tashkil etish bo‘yicha tadqiqot natijalari yoritilgan. Eksperimental metod asosida ishlab chiqilgan ovqatlanish dasturi 12–16 yoshdagi sportchilarda kuch ko‘rsatkichlari, mushak massasi, tiklanish darajasi va biokimyoviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari ovqatlanishning sport tayyorgarligidagi o‘rnini ilmiy asoslashga yordam berdi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur maqolada munosabatlar psixologiyasining nazariy asoslari, shaxslararo munosabatlarning shakllanishi, rivojlanishi va inqirozga uchrashi bosqichlari psixologik nuqtai nazardan yoritilgan. Xususan, zamonaviy psixologiya maktablarida munosabatlarga oid qarashlar, ijtimoiy-psixologik hodisalarning inson xulq-atvoriga ta'siri va oilaviy hamda ishbilarmonlik munosabatlaridagi muammolar muhokama qilinadi.
Bul maqalada Qaraqalpaq xalıq dástanlarında tús motiviniń payda bolıwı hám qollanılıw ózgesheligi tallanadı. Izertlewde tús motiviniń mifologiyalıq hám tariyxıy tamırları úyrenilip, onıń dástanlar syujetiniń rawajlanıwındaǵı ornı ashıp beriledi. Izertlew nátiyjeleri qaraqalpaq xalıq dástanlarında tús motiviniń ózine tán ózgesheliklerin hám de xalıqtıń dúnyaqarası hám isenimi menen baylanıslılıǵın kórsetedi.