Ushbu maqola zamonaviy texnologiyalar va gadjetlarning jamiyatga salbiy ta'sirini, nomofobiya va gadjetomaniya kabi muammolarni tahlil qiladi. Mobil aloqa telefonlaridan chiqayotgan elektromagnit nurlar inson organizmiga turli xil salbiy ta'sirlar ko‘rsatmoqda. Bolalar va o‘smirlar orasida raqamli qurilmalarga haddan tashqari bog'lanish holati keng tarqalgan bo‘lib, bu psixologik, jismoniy va ijtimoiy salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Maqolada gadjetlarga qaramlikning oqibatlari, shu jumladan virtual hayot tarzining haqiqiy bolalikni qanday siqib chiqarayotgani ilmiy asoslangan dalillar bilan ko‘rsatilgan. Shuningdek, ota-onalar, pedagoglar va psixologlarning bu boradagi vazifalari, profilaktik chora-tadbirlar va sog'lom raqamli odatlarni shakllantirish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot davomida dunyo miqyosida olib borilgan izlanishlar, statistik ma'lumotlar va amaliy tavsiyalar asosida muammo ko‘lamining dolzarbligi ko‘rsatib berilgan. Maqola jamiyatda tobora kuchayib borayotgan bu muammoni ijtimoiy, madaniy va pedagogik kontekstda tahlil etishga xizmat qiladi.
Ushbu tadqiqot qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanish xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot davomida zaruriy mudofaa, haddan tashqari zarurat holati, jinoyatchilarni ushlash va xizmat vazifasini bajarish kabi asosiy holatlar o‘rganildi. Sudlov amaliyotidagi qo‘llanish muammolari va ularning yechimi yo‘llari ko‘rsatildi. Natijalar qonunchilik va sud amaliyotining uyg‘unligini ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi. Qiyosiy-huquqiy tahlil asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida har ikki yilda o‘tkaziladigan xalqaro baxshichilik sa‘nati festivali haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shu bilan birga xalqaro baxshichilik sa‘nati festivalining milliy qadriyatlarini targ’ib qilishdagi ahamiyat to’g’risida fikr yuritiladi.
This article examines the role of technology integration in modern language education. It reviews key strategies for effective digital pedagogy, including blended learning, flipped classrooms, and mobile-assisted language learning (MALL). The article also explores teacher readiness, digital equity, and instructional design principles for tech-enhanced classrooms. Challenges such as digital fatigue and unequal access are addressed, and recommendations for sustainable implementation are provided. The article concludes by emphasizing the role of reflective practice and continuous professional development in leveraging technology to improve language learning outcomes.