В статье рассматриваются ключевые этапы формирования и развития институтов гражданского общества в Республике Узбекистан. Особое внимание уделено законодательному оформлению правовых основ, институциональному укреплению негосударственных некоммерческих организаций, развитию самоуправления и гражданской активности. Анализируются современные тенденции, включая расширение общественного контроля, цифровизацию взаимодействия граждан и государства, а также поддержка социально значимых инициатив. Подчёркивается, что активное участие граждан в управлении и расширение демократических институтов являются важными условиями построения открытого и справедливого общества.
Markazlashtirilgan laboratoriyalar sog‘liqni saqlash tizimida diagnostika xizmatlarini yaxshilash va samaradorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan muhim infratuzilma hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi – turli tibbiyot muassasalaridan kelayotgan tahlil namunalari bilan ishlash, yuqori sifatli va tezkor diagnostika natijalarini taqdim etishdir. Bu laboratoriyalar markazlashtirilgan tizim sifatida faoliyat yuritadi, ya’ni bir nechta klinik va shifoxona laboratoriyalarining vazifalarini o‘z zimmasiga oladi va ularni yagona boshqaruv ostida birlashtiradi. Bu yondashuv diagnostika jarayonlarini optimallashtirishga, resurslarni samarali taqsimlashga va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon beradi.
Ushbu maqola Xorazm musiqiy madaniyatining yirik namoyandalaridan biri, iste’dodli bastakor, ustoz-shogird an’anasi davomchisi va tajribali pedagog Bozorboy O‘rinov faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda O‘rinovning Xorazm maqom san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari, xalq og‘zaki ijodi va professional musiqa uyg‘unligi asosida yaratilgan asarlari yoritiladi.
Maqom ijrochiligi o'zining tarixiy va madaniy merosi bilan ajralib turadigan bebaho san'at turidir. Ushbu maqolada maqom ijrochiligida yuzaga kelayotgan muammolar, amaliyotda mavjud bo'lgan kamchiliklar va ularning bartaraf etish yo'llari tahlil qilinadi. Maqomning tarkibi, usuli, parda tizimi, uslub va cholg'u asboblarining muhim ahamiyati ko'rib chiqiladi. Shuningdek, maqom ijrochisining yuqori malaka, bilim va tajriba talab etilishi, hamda amaliyotda o'ziga xos jihatlarni rivojlantirish muhimligi ta'kidlanadi.