Ushbu maqolada depressiya va uning turlari xususida mulohazalar berilgan. Ayniqsa, ayollarda tug‘ruqdan keyingi depressiyaning har xil darajalari haqida ta’kidlangan. Ayollarda tug‘ruqdan keyingi depressiya turlarining sog‘liqni saqlashdagi ahamiyatga molikligi o‘rganiladi. Ayollarni ushbu depressiyadan chiqishi uchun yo‘l-yo‘riqlar va shart-sharoitlar ko‘rsatiladi.
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning adolat haqidagi qarashlari tahlilga tortilgan. Islom ta’limotiga asoslangan Alisher Navoiy dunyoqarashicha, xususiy mulk muqaddas va daxlsiz, har bir kishi oʻzining halol mehnati evaziga istaganicha mol-mulk, boylik orttirishi mumkinligi ta’kidlangan.