Ushbu maqolada munaqqid Naim Karimovning adabiy-tanqidiy faoliyati va izlanishlari yoritib berildi. Cho’lponga bag’ishlangan “Istiqlolni uyg’otgan shoir” risolasi va Hamza Hakimzoda Niyoziy haqidagi “Hamzani kim o’ldirgan yoxud Shohimardonning qora bahori” maqolasi doirasida adabiyotshunos olimning ilmiy-tanqidiy qarashlari atroflicha bayon etildi. Shuningdek, Naim Karimov o’zbek adabiy tanqidi rivojida o’ziga xos o’ringa va muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o’tildi.