Ma'lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy mas'uliyat, o’zaro qurmat, tushunish va mehr-muhabbat umumiyligi bilan bog`langan kichik ijtimoiy guruh oila deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o’zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, oila ko’p muddatga, ya'ni bir necha o’n yillar va ko’p yillarga mavjud bo’ladi; ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, ya'ni milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, xissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonidagi zamonaviy muammolar va ularni hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, muammolari, shuningdek, ta'lim infratuzilmasini yaxshilash, o‘qituvchilarni tayyorlash, ijtimoiy stereotiplarga qarshi kurashish va iqtisodiy resurslarni ko‘paytirish kabi muhim yo‘llar ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish orqali nogironligi bo‘lgan bolalar va o‘qishda qiyinchiliklarga duch kelgan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsad qilingan.
Ushbu maqolada jinsiy sistema kasalliklarning yildan yilga yosh toifasini oʻzgarishi - ya'ni yosharishi haqida so‘z boradi. Masalan hozirgi kunda qiz bolalar va yosh qizchalarda ham jinsiy sistema kasalliklari kuzatiladi. Bu, hayz funksiyasining buzilishi va jinsiy aʼzolar rivojlanishidagi anomaliyalardir. Bunga, asosan, uning bolaligida boshidan kechirgan turli kasalliklari, noqulay turmush tarzi, hatto u ona qornidaligidayoq onasining birorbir jiddiy kasallik bilan ogʻriganligi sabab boʻlishi mumkin. Hayz funksiyasining buzilishi qizlarda hayzning kech yoki erta boshlanishi, nomuntazamligi, qon ketishi va hokazo lar bilan kechadi. Maqolaning mohiyatida jinsiy sistema kasalliklarning yildan yilga ko‘payishining oldini olish hamda ularni davolash chora tadbirlari to‘g‘risida fikr mulohaza yurutiladi.
Bugungi kunda informatika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida interfaol usullar, elektron ta’lim vositalari, sun’iy intellekt va raqamli platformalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, masalan, muammoli ta’lim, loyihaviy va gamifikatsiya metodlari orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish masalalari yoritiladi. Maqola natijalari informatika darslarini yanada samarali tashkil etish va o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.