Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini milliy mexanizm va milliy qonunchiligimizga asoslangan holda himoya qilish, hukumatimiz tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bilan bo’g’liq yangi tizimlarni muhokama qilish bilan bir qatorda, inson huquqlarini himoya qiluvchi organlar, tuzulmalarning bu borada faoliytini yanada barqarorlashtirish, shuningdek, xalqaro hujjatlar va xalqaro sudda ko’rilgan ishlar ham tahlil qilgan.
Mazkur maqolada badiiy matnda dialektlarning o‘rni va ularning funksional vazifalari tahlil qilinadi. Dialektal unsurlar badiiy asarning mazmuniy va stilistik boyligini oshirish, qahramon xarakterini ochib berish, milliy va hududiy koloritsiyani aks ettirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada dialektlarning qahramonning ijtimoiy kelib chiqishini ifodalash, matnning tabiiyligini oshirish, tarixiy va madaniy muhitni yoritish hamda stilistik vosita sifatida qo‘llanilishi singari asosiy funksiyalari yoritilgan. Shuningdek, dialektlardan foydalanishning imkoniyatlari va cheklovlari muhokama qilinib, ularning badiiy adabiyotdagi ahamiyati Sharof Rashidovning “G‘oliblar” romanidan misollar bilan mustahkamlangan. Maqola lingvistika va adabiyotshunoslik sohalarida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlarini o‘rgangan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari, hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda oliy harbiy bilim yurtlari tomonidan tizimda nomaxfiy ish yuritish va hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish borasida ko‘nikma hosil qilishdan hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlar va zamonaviy elektron tartibda hujjatlar bilan ishlash tizimini zamonaviy uslublar asosida rivojlantirish va yo‘lga qo‘yishning yangicha usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy qarashlar va takliflarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur maqolada Islom dinida axloqiy tarbiya va qadriyatlar falsafasining shakllanishi, uning asosiy manbalari va jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Qur’on va Hadis asosida shakllangan axloqiy qadriyatlar, ilm-ma’rifat, oilaviy tarbiya va ijtimoiy hayotdagi o‘rni yoritilgan. Islom ta’limotining axloqiy tamoyillari insonlar o‘rtasida hurmat, adolat va mehr-oqibatni mustahkamlashga xizmat qiladi.