Ushbu maqolada Xorazmlik buyuk alloma Mahmud Zamaxshariyning hayoti, ilmiy faoliyati va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Asosan filologiya, tafsir va adabiyot sohalaridagi ishlari tahlil qilingan. Uning “Al-Kashshof” tafsiri va “Al-Mufassal” grammatik asari orqali arab tili ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi alohida o‘rganilgan.
Бугунги кунда Ўзбекистон Республикасида меҳнат хавфсизлиги соҳасида бир қатор ҳуқуқий нормалар жорий этилган бўлиб, улар иш берувчи ва ходимлар ўртасидаги муносабатларни тартибга солади . Шу билан бирга, ишлаб чиқариш жараёнидаги технологик ўзгаришлар, янги ишлаб чиқариш воситалари ва меҳнат жараёнининг такомиллашиши билан боғлиқ ҳолда меҳнат хавфсизлигини таъминлаш борасида янги ёндашувларни жорий этиш зарурияти вужудга келмоқда .
Ushbu maqolada 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kunining kelib chiqishi, ijtimoiy va siyosiy mohiyati, 8-mart bayramining ayollar huquqlari uchun kurashishdagi o‘rni ko’rib chiqilgan. Shu bilan birgalikda, maqolada tarixiy faktlar, diniy qarashlar va madaniy nuqtai nazarlar asosida 8-martning mohiyati tanqidiy yondashuvi, ayollarning huquqlarini himoya qilishning ijtimoiy va siyosiy roli hamda islom olami va boshqa madaniyatlarda 8-martga bo‘lgan munosabat ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy sharoitda “8-mart tijoratlashuvi” ilgari surilgan bo’lib, yoshlar va ziyolilar o‘rtasidagi taffovutlari tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitidagi 8-martni qabul qilish o‘rtasidagi farqlar solishtirilib, yangi qarashlar yuzaga kelishi asoslanilgan.
Ushbu maqolada buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan biri Abdurauf Fitratning “Munozara’’(Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning jadid maktablari xususida qilg’on munozasi) asarida ilgari surilgan ma’rifatparvarlik g’oyalari, “usuli Qadim” va “ usuli jadid” maktabining bir biridan farqi, yangi jadid maktabining afzalliklari, Buxoro amirligining siyosiy-iqtisodiy manzarasi, aholining ijtimoiy turmush tarzi, ta’limi- tarbiyaviy ahvoli xususida so’z boradi. Zero bu ulug’ adiblar ijodining mohiyati jamiyat va millatni yuksaltirishga xizmat qilgan. Abdulla Avloniy, Mahbudxo’ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir kabi fidoiy adiblar qatorida, ehtimol, ularning oldingi safida Abdurauf Fitrat ham o’z elining aqli va qalb ko’ziga aylangan.