Mazkur maqolada kirish va kiritmalarning badiiy uslubda poetik individuallikni hosil qilish, subyektiv modallikni ifodalash, emotsional-ekspressivlikni oshirish maqsadida qo‘llanilishi nasriy, she’riy va dramatik asarlardan olingan misollar asosida yoritib berilgan. Badiiy uslubga xoslangan kirish so‘z va kirish bo‘laklar, ularning badiiy matndagi o‘rni, kiritmalarning o‘ziga xos qo‘llanilishi izohlangan.
Ushbu maqolada morfologik vositalarning tarixiy va arxaik shakllarining she’riy matnlarda qo‘llanilish sabablari o‘rganilgan. Bu shakllarning emotsional-ekspressivlikni ta’minlash, poetik individuallikni hosil qilish, tantanavorlik, matnga o‘zgacha tus berish va tilimizning turli imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun hozirgi zamon she’riyatida ishlatilishi misollar bilan tahlil etilgan.
Mazkur maqolada XVI yuz yillikning ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasida rasmiy tus ola boshlagan elchilik aloqalarining shakllanishi, rivojlanishi va mazmun-mohiyati mahalliy hamda rus manbalari asosida tahlil qilinadi. Xususan, 1558–1559 yillarda Antoniy Jenkinson boshchiligidagi ingliz elchiligining Buxoroga safari, 1563–1564 yillarda Buxoro va Xivadan Moskvaga yuborilgan elchilarning qabul qilinishi, 1583-yilda Buxorodan Moskvaga yuborilgan elchilik missiyasi hamda boshqa diplomatik aloqalar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Maqolada Hofiz Tanish al-Buxoriy tomonidan yozilgan “Abdullanoma” (“Sharafnomayi shohiy”) kabi mahalliy tarixiy manbalar va S.V. Jukovskiy, St. Russov, N. Veselovskiy kabi rus mualliflarining tadqiqotlari asosida o‘sha davrdagi elchilik missiyalari, savdo aloqalari, siyosiy manfaatlar va ularning O‘rta Osiyo-Rossiya munosabatlari tarixidagi o‘rni o‘rganiladi. Ayniqsa, Jenkinsonning safar xotiralari va u tomonidan berilgan ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflar tanqidiy tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada bu davrda O‘rta Osiyo xonliklarining xalqaro savdo tizimida tutgan o‘rni va Rossiyaning mintaqaga bo‘lgan qiziqishi doirasidagi siyosiy harakatlari ham yoritiladi.
Til - bu oddiy aloqa vositasi emas. Til - xalqning ko‘zgusi, millatning yuragi, uning ruhi, orzu-umidlari, g‘ami va quvonchi mujassam bo‘lgan muqaddas boylikdir. Til - milliy o‘zlik mezoni. Maqolada ham millat ruhi tilning millatlararo muloqotdagi ahamiyati xususida so‘z yuritiladi.