Ushbu maqolada gandbol ixtisosligi talabalarining texnik tayyorgarlik darajasini nazorat qilish va tahlil qilishga qaratilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tajriba davomida ishlab chiqilgan maxsus mashg‘ulotlar dasturi asosida pedagogik tajriba o‘tkazildi. Olingan natijalar texnik harakatlar samaradorligi, ayniqsa to‘pni uzatish, jarima to‘pini uloqtirish va himoyaviy harakatlarda sezilarli o‘sishni ko‘rsatgan.
Ushbu maqolada bolalarni gandbol sportiga tanlab olishda qo‘llaniladigan asosiy mezonlar va usullar tahlil qilingan. Jismoniy sifatlar, antropometrik ko‘rsatkichlar, psixologik testlar va motivatsion baholash kabi faktorlar orqali bolalarning sportga qobiliyati baholangan. Shuningdek, tanlab olish jarayonida ilmiy yondashuvni qo‘llash, sportchilarning individual va jamoaviy ko‘nikmalarini o‘rganish hamda ularning rivojlanishini doimiy kuzatish muhimligi ta’kidlangan.
Ushbu maqolada gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida aylanma mashg‘ulotlarni qo‘llashning usullari va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari, aylanma mashg‘ulot usulining sportchilarning jismoniy sifatlarini, jumladan, tezlik, chidamlilik, kuch va chaqqonlikni rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Mazkur maqolada 12-14 yoshli gandbolchilarning tezkorligini rivojlantirishda estafeta mashqlarining ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda estafeta mashqlari yordamida sportchilarning tezkorligi va chaqqonligi qanday samarali rivojlanishi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda tajriba va nazorat guruhlari orasidagi farqlar o‘rganilib, maxsus estafeta mashqlarining sportchilarning harakat tezligini yaxshilashga ta'siri haqida natijalar taqdim etilgan.
Mazkur ilmiy ish “Dastlabki tayyorgarlik bosqichida gandbolchilarning chidamlilikni rivojlantirish vosita va usullari” mavzusiga qaratilgan bo‘lib unda, chidamlilikni rivjlantirish borasida olimlarning fikr mulohazalari yuuritilgan. Mavzu yuzasidan tadqiqot ishlari o‘tkazilgan, pedagagik kuzatuv ishlarida asosan matematik- statistika usullaridan foydalanilgan. Dastlabki tayyorlov bosqichida shug‘ullanuvchi gandbolchilarning chidamlilik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha vosita, usullari keltirilgan.