Ushbu maqolada Buxoro amirlarining saroylari, ularning joylashgan o’rni. Dastlab Kogondagi saroy Buxoro shahrining ichkarisida qurilishi koʼzda tutilgani, ammo Buxoroning koʼzga koʼringan diniy ulamolari bunga qatʼiy qarshilik koʼrsatishgani haqida, buning sababi, diniy ulamolar gʼayridinlarning Buxoroga kirishlariga moneʼlik qilishadi. Shundan soʼng saroy Buxorodan 12 km sharqiy qismdagi “Yangi Buxoro”, keyinchalik Kogon deb atala boshlangan shaharchada qurilishi toʼgʼrisidagi yagona toʼxtamga kelishganligi haqida ma’lumotlar bayon etilgan.
Temir yo‘l transporti aholi ehtiyojlarini qondirishda, mamlakat iqtisodiyotida, uning faoliyat yuritishida va transport bozorini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu tezisda temir yoʻl sohasining rivojlanish istiqbollari, temir yoʻl transportida sifat nazariyasini rivojlantirish tendensiyalari oʻrganildi va koʻrib chiqildi. Temir yo‘l sohasida xodimlar boshqaruvini samarali tashkil etish orqali bu tizimning rivojlanish tendensiyalari o’rganildi.
Ushbu maqolada, milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashda davlatning moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo’llari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Milliy iqtisodiy barqarorlik farovon va xavfsiz davlatning tamal toshi hisoblanadi. Bu turli omillarga bog'liq bo'lib, eng muhimlaridan biri davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishdir. Soliqlar, davlat investitsiyalari va davlat mablag'larini o'z ichiga olgan davlat moliyaviy resurslari mamlakatning iqtisodiy manzarasini shakllantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Ushbu maqolaning dolzarbligi quyidagi bir-biriga bog‘liq holatlar bilan belgilanadi: birinchidan, milliy innovatsiya tizimi shakllanishi hozirgi davrda juda sekin yuz berayotgan va qarama-qarshiliklarga ega bo‘lgan ja rayon bo‘lib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqish zaruriyati mavjud. Buning uchun milliy innovatsiya tizimi, innovatsion iqtisodiyot mohiyati va mazmunini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishi, milliy innovatsiya tizimining konseptual modelini aniqlashtirish talab etiladi. Ikkinchidan, milliy innovatsiya tizimlarini shakllantirishning turli modellarining yuzaga kelishi va ularning eng samaralisini tanlash muammosi innovatsion rivojlanish modellari tasnifini shakllantirish zaruriyatini belgilab berib, bu mamlakat innovatsiya tizimining hozirgi bosqichdagi holatiga baho berish hamda uni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.