Ushbu tadqiqot Qoratov tog'ida joylashgan lamprofir daykalarning petrologik xususiyatlarini va ularning Janubiy Nurota tog' tizmasining magmatik evolyutsiyasidagi o'rnini o'rganishga bag'ishlangan. Lamprofirlar kamon oldi va postkolliziyon magmatizm sharoitlarida hosil bo'ladigan kaliy-boy, uchuvchi komponentlarga boy magmatik jinslardir. Maqolada ushbu daykalarning mineral tarkibi, petrokimyoviy xususiyatlari va geodinamik sharoitlari adabiyotlar tahlili asosida ko'rib chiqiladi. Natijalar Janubiy Nurota mintaqasida paleozoy davridagi mantiya evolyutsiyasi va tektonik jarayonlar haqida yangi ma'lumotlar beradi. Tadqiqot lamprofir daykalarining mintaqaviy magmatizm kontekstida ahamiyatini aniqlashga qaratilgan.
Mazkur maqolada ichki audit tekshiruv natijalarini shakllantirish va ularni rahbariyat hamda manfaatdor tomonlarga taqdim etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Unda ichki auditning tashkilot boshqaruvidagi o‘rni, tekshiruv jarayonining bosqichlari, audit natijalarini hujjatlashtirish va hisobotlarni tayyorlash tamoyillari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, xalqaro standartlar (IIA, COSO, ISA) asosida ichki audit hisobotlarini samarali taqdim etish usullari, O‘zbekiston korxonalarida uchrayotgan amaliy muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada ichki auditning strategik boshqaruvdagi roli, rahbariyat qaror qabul qilishdagi ahamiyati hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari ham yoritib berilgan.
Мақолада фавқулодда вазиятларни олдини олиш ва бартараф этишда ҳорижий давлатларнинг ҳамкорлик соҳасидаги тажрибалари қиёсий-ҳуқуқий ва ташкилий-бошқарув ёндашуви асосида таҳлил қилинади. Тадқиқотда ҳамкорликнинг асосий институционал механизмлари — ягона бошқарув занжири (incident command), идоралараро штаблар, рискка асосланган сценарий режалаштириш, erta огоҳлантириш ва мониторинг тизимлари, ресурслар консолидацияси, логистика ва резервлар бошқаруви, аҳоли билан коммуникация, ҳамда қўшма ўқув-машқлар — тизимли кўриб чиқилади.
Mazkur maqolada ushbu iqlim zonasiga mos dinamik quyoshdan himoyalovchi tizimlarning turlari, ularning ishlash tamoyillari, ishlatiladigan materiallari va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari energiya tejamkor va ekologik jihatdan xavfsiz qurilish yechimlarini ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin. Issiq va quruq iqlim sharoitida binolarni ortiqcha quyosh radiatsiyasidan himoya qilish energiya samaradorligini oshirish hamda ichki muhit qulayligini ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda dinamik quyoshdan himoyalovchi konstruksiyalar muhim rol o‘ynaydi, chunki ular atrof-muhit sharoitlariga mos ravishda ishlashga qodir bo‘lib, bino ichki haroratini optimal darajada ushlab turishga yordam beradi.