Ushbu tadqiqot onlayn tizimlarda xavfsizlik va operatsion samaradorlikni oshirishga qaratilgan real vaqtda foydalanuvchi faoliyatini monitoring qilish platformasini loyihalash, amalga oshirish va baholashni taqdim etadi. Kibertahdidlarning murakkablashuvi bilan zamonaviy platformalar doimiy xatti-harakatlar kuzatuvini, anomaliya aniqlashni va avtomatlashtirilgan ogohlantirish mexanizmlarini talab qiladi. Taklif etilgan yechim koʻp bosqichli autentifikatsiyani, dinamik faoliyat monitoringini, analitik hisobotlarni va yuqori tizim ishlashini ta’minlash uchun parallel ishlov berish arxitekturasini birlashtiradi. Platforma turli yuklamalar ostida sinovdan o’tkazildi va javob vaqti, anomaliya aniqlash aniqligi va resurslar foydalanishida yaxshilanishlarni namoyish etdi. Natijalar taklif etilgan monitoring tuzilmasining masshtablanuvchan, ma’lumotlarga asoslangan va ta’lim muassasalari, korxonalar va jamoat raqamli infratuzilmalari uchun mos ekanligini ko’rsatadi.
Ushbu maqola 1924–1991-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining tarixiy taraqqiyotini tahlil qiladi. Tadqiqotda savodsizlikni tugatishdan boshlab, ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari tarmog‘ining yaratilishi, Ikkinchi jahon urushi davridagi evakuatsiya jarayonlarining ilmiy salohiyatga ta’siri va 1960-1980-yillardagi ta’limning inqirozli holatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sovet mafkurasi va "paxta yakkahokimligi"ning ta’lim sifatiga salbiy ta’siri yoritilgan.
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida emotsional va kognitiv yondashuvlarni integratsiyalashtirish masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligi, ichki motivatsiyasi va psixologik farovonligiga emotsional qo‘llab-quvvatlash hamda faol bilishga yo‘naltirilgan metodlarning ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, pedagogik kuzatish va so‘rovnoma metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar integratsiyalashgan yondashuv stress va tashvish darajasini kamaytirishini, o‘quvchilarning darsga jalb etilishi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishini ko‘rsatdi.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida emotsional intellekt shakllanishida oilaviy muhit va maktab boshqaruvida emotsional intellektning ahamiyati tahlil qilinadi. Ilmiy manbalar tahliliga asoslanib, ota-onalarning tarbiyaviy munosabatlari hamda maktab rahbarlarining emotsional intellekt kompetensiyalari o‘quvchilarning hissiy rivojlanishi va ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining imkoniyatlari va xavflari tanqidiy-huquqiy yondashuv asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda ChatGPT kabi til modellari misolida AI tizimlarining ta’lim, tibbiyot, moliya va sanoat sohalaridagi samaradorligi bilan bir qatorda, noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish, shaxsiy ma’lumotlar himoyasi, axborot xavfsizligi, manipulyatsiya va algoritmik tarafkashlik bilan bog‘liq muammolar yoritiladi. Shuningdek, sun’iy intellektni huquqiy va etik jihatdan tartibga solish bo‘yicha xalqaro tajriba tahlil qilinib, davlat nazorati, ishlab chiquvchilarning mas’uliyati va foydalanuvchilarning axborot madaniyatini oshirish zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt inson tafakkuri va axloqini to‘liq almashtira olmaydi, biroq uni ongli va me’yoriy boshqaruv asosida qo‘llash jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.