Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarining tipologik jihatdan o‘xshashlik va farqlari tahlil qilinadi. Tilshunoslikda tipologik tadqiqotlar tillarning tuzilishi, grammatikasi, fonetikasi va semantikasi kabi jihatlarni solishtirish orqali umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi. O‘zbek tili agglutinativ tuzilishga ega bo‘lib, so‘z yasalishi va grammatik shakllanishi qo‘shimchalar yordamida amalga oshiriladi. Ingliz tili esa analitik til bo‘lib, so‘z tartibi va yordamchi so‘zlarga asoslangan tizimga ega. Maqolada ushbu tillarning so‘z yasalishi, gap qurilishi, morfologik va sintaktik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning umumiyliklari va farqlari misollar yordamida yoritiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek va ingliz tillarining o‘zaro ta’siri va o‘rganish jarayoniga ta’sirini tushunishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida produktiv o‘qish asosida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasi tahlil qilinadi. Maqola, o‘quvchilarning til va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda produktiv o‘qishning ahamiyatini ochib beradi. O‘qish jarayonining samarali tashkil etilishi, o‘quvchilarga nutqiy faoliyatning barcha jihatlarini chuqur o‘zlashtirish imkonini yaratadi. Shuningdek, maqolada kommunikativ kompetensiyaning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan metodik yondashuvlar, o‘qitish usullari va materiallar haqida so‘z boradi. Bunda, o‘quvchilarning tahlil qilish, fikr bildirish, muloqotda erkin ishtirok etish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodikalar muhokama qilinadi. Maqolada keltirilgan tavsiyalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘qish va kommunikativ kompetensiyani muvaffaqiyatli shakllantirishga xizmat qiladi.
Ilimiy maqolada maktab o’qivshilarina aqloqiy ta’rbiya berishning a’ha’miyati, yo’llari, aqloqiy ta’rbiya berishda maktab darslarining ro’li, fan to’garaklarining a’ha’miyati va o’qituvchilar tamonidan olib boriladiga’n ha’r-xil ta’dbirlarning tutgan o’rni so’z etiladi.
Ushbu maqolada O’zbekiston va Xitoy munosabatlarining tarixiy ildizlari va bugungi kundagi aloqalar, bu aloqalarda iqtisodiy munosabatlarning o’rni haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. O’zbekistonning tashqi siyosatida Xitoy bugungi kunda juda muhim rol o’ynamoqda. Xitoy bilan o’rnatilayotgan munosabatlar va tuzilayotgan bitim va sherikchilik aloqalari O’zbekistonning nafaqat iqtisodiy balki, siyosiy, ijtimoiy sohalariga ham ulkan hissa qo’shmoqda. O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda bo’sh ish o’rinlarining yaralishi, iqtisodiy o’sish va katta investitsiyalar, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yosh kadrlar bilan ishlash va talabalarning o’qishlari uchun ham qulay vizasiz kirish imkoniyatlari albatta Xitoy bilan tuzilayotgan shartnoma va ikki xalqning hamdo’stligi haqidagi fikr-mulohazalar ushbu maqolada yoritildi.