International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA ROSSIYA KAPITALINING KIRIB KELISHI VA SANOAT TARAQQIYOTI

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat tahlil qilingan. Mustamlaka manfaatlariga mos ravishda o‘lkada kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishi, rus sanoat kapitalining kirib kelishi va sanoat korxonalarining tashkil topishi jarayonlari yoritilgan. Xususan, dastlabki paxta tozalash, ko‘nchilik, vino va aroq, tegirmon, yog‘ zavodlari faoliyati, ularning o‘lkadagi iqtisodiy hayotga ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan. Maqolada chor hukumati tomonidan Turkistonni xomashyo bazasiga aylantirish siyosati, mahalliy aholining iqtisodiy manfaatlarining cheklanishi hamda rus monopolistlarining paxta savdosida tutgan o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan.


11.09.2025 Volume 4 Issue 9 View more Download
REPRODUKTIV SALOMATLIK VA BEPUSHTLIK MUAMMOLARI

Maqolada reproduktiv salomatlik tushunchasi, uning zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati hamda bepushtlik muammosining asosiy sabablari tahlil qilinadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha reproduktiv yoshdagi har oltinchi juftlik bepushtlikdan aziyat chekadi. Ushbu muammo ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi bilan birga, milliy demografik siyosat uchun ham dolzarb hisoblanadi. Tadqiqotda ayol va erkak bepushtligining asosiy etiologik omillari, diagnostika usullari hamda davolash yondashuvlari yoritiladi.


11.09.2025 Volume 4 Issue 9 View more Download
DIGITAL FEEDBACK SYSTEMS FOR IMPROVING READING-BASED WRITING TASKS

This article examines the role of digital feedback systems in enhancing reading-based writing tasks. It synthesizes current evidence on automated and semi-automated feedback tools that target comprehension, analysis, synthesis, and argumentative writing skills rooted in reading. The paper evaluates system features (diagnostic feedback, formative comments, adaptive prompts, and analytics), pedagogical integration strategies, and impacts on writing quality, metacognition, and revision behavior. Findings indicate that well-designed digital feedback systems can accelerate skill development when combined with teacher mediation, scaffolds for source use, and iterative revision cycles. Challenges include aligning feedback with curricular goals, ensuring feedback specificity and interpretability, addressing source‑based plagiarism, and mitigating equity issues related to access and algorithmic bias. The article concludes with recommendations for design principles, classroom implementation, and directions for future research.


09.09.2025 Volume 4 Issue 9 View more Download
MAKTABLARDA MUSIQA DARSLARIDA XORIJIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH USULLARI

Musiqa ta’limi o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv davrida xorijiy ta’lim texnologiyalarini musiqa darslariga tatbiq etish samaradorlikni oshiradi, o‘quvchilarda musiqiy idrokni chuqurlashtiradi va ularning ijodiy faolligini rag‘batlantiradi. Xususan, Orff texnologiyasi, Kodaly metodi, Dalcroze evritmika tizimi hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish maktab darslarida musiqani o‘rgatishning innovatsion yo‘nalishlarini belgilaydi. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarni nafaqat milliy musiqiy merosni, balki jahon musiqa madaniyatini ham o‘zlashtirishga undaydi. Natijada, o‘quvchi shaxsida musiqaga bo‘lgan qiziqish, emotsional sezgirlik va kreativ tafakkur rivojlanadi.


06.09.2025 Volume 4 Issue 9 View more Download
IMKONIYATI CHEKLANGAN O'QUVCHILARGA YANGI PEDTEXNOLOGIYADA BIOLOGIYA FANINI O'QITISH

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni biologiya faniga o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Innovatsion metodlar yordamida o‘quvchilarni faollashtirish, individual yondashuvni ta’minlash hamda bilimlarni yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola biologiya fanining murakkab kontseptsiyalarini soddalashtirish va interaktiv usullar orqali o‘quv jarayonini qiziqarli qilishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, maqolada inklyuziv ta’limda yangi texnologiyalarning roli va muhimligi ta’kidlanadi.


06.09.2025 Volume 4 Issue 9 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor