Ushbu maqolada jadidlarning faoliyati, ularning ilm-fan va tarbiya sohasidagi qarashlari, shuningdek, ma’rifatparvarlik yo‘lidagi fidokorona harakatlari tahlil qilinadi. Jadidlarning o‘z asarlariga bo‘lgan sodiqligi, ilm-ma’rifatni chuqur o‘rganishga intilishi va shu orqali jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, maqolada ularning sho‘ro davrida duch kelgan iqtisodiy va siyosiy tazyiqlari, bu omillar ilm-fan rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida fikr yuritiladi. Bugungi kunda barkamol avlod tarbiyasida jadidlarning ilg‘or g‘oyalari va ilmiy-ma’rifiy qarashlarining ahamiyati alohida e’tiborga olinadi.
Mazkur maqolada qo‘shma gapning mazmuniy tuzilishida modal va kommunikativ uzvlar muhim ahamiyatga egaligi, ular gap bo‘laklari o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni shakllantirishi, nutqning mazmunini yanada aniqlashtirishi va kommunikativ maqsadni ifodalashi haqidagi fikrlar to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.
Ushbu maqola zamonaviy hamda yangi ingliz tilning asosiy manbasini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘yicha so‘z birikmalari, neologizm, so‘z yasalishidagi o‘zgaruvchanliklar haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, ushbu maqolada biz yangi ingliz tili tarixiga ham yaqindan yondashib, u haqida ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. Maqoladagi fikrlar nafaqat yozilgan yoki ma’lumotli, balki aniq fakt va misollar bilan isbotlangan. Bu maqola ingiliz tilda, so‘zlashuvda, insonlarning doimiy ijtimoiy hayotida foydalanilayotgan neologizmlar va ulardan foydalanish, ma’lumot beradi.