International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARIDA QARZ MAJBURIYATLARI BO‘YICHA XARAJATLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Tadbirkor sub’yektlar o‘z faoliyatlarini amalga oshirish davomida na faqat o‘zlik (xususiy) kapitaldan, balki qarz mablag‘laridan ham foydalanadi. Qarz mablag‘laridan foydalanish esa ularga mos keluvchi turli xil qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltiradi, jumladan: qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizlar, chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha chegirmalarni amortizatsiya qilish, moliyaviy ijara bo‘yicha ijara to‘lovlari va boshqalar. Ushbu maqolada qarz xarajatlarini qaysi qismini kvalifikatsiyalanadigan aktivlar qiymatiga va qaysi qismini moliyaviy xarajatlarga o‘tkazish ko‘rsatilgan. Qarz xarajatlarini hisob-kitoblar asosida buxgalterlik yozuvlarda aniq hisobvaraqlarda qayd qilish ko‘rsatib berilgan.


01.04.2024 Volume 3 Issue 3 View more Download
HARAKATLI O‘YINLAR VOSITASIDA SHAXSNI AHLOQIY TARBIYALASH

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya darslarida shaxsning jismoniy sifatlari milliy harakatli o‘yinlarning turlari yordamida o‘quvchilarni estetik anglash vazifalarini amalga oshirish jarayonini amaliyotga joriy etish usullaridan foydalanish haqida so`z boradi.


01.04.2024 Volume 3 Issue 3 View more Download
МАФКУРАВИЙ ТАҲДИДЛАР ВА ҒОЯВИЙ ТАРБИЯНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ МИЛЛИЙ ТАРИХИЙ ТАФАККУР

Мазкур мақолада Ўзбекистондаги глобаллашув жараёнларида ёшларнинг мафкуравий таҳдидлар ва ғоявий тарбиянинг долзарб масалалари миллий тарихий тафаккури хақида фикр юритилган.


01.04.2024 Volume 3 Issue 3 View more Download
BRONZA DAVRI HUNARMANDCHILIGI VA UNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada bronza davrining vujudga kelishi va bu davrdan boshlab xo’jalikning turli sohasidagi bilimlar vujudga kelishi, manzillar hajmi yanada kengayganligi, aholi soni oshib borganligi (5 – 10 ming kishi). Bu tarixiy jarayon jamiyat taraqqiyotida dastlabki yirik mehnat taqsimoti bo’lib, ilk shaharlar paydo bo’lishi va rivojlanishiga zamin bo’ldi. Bronza davriga kelib O’rta Osiyoning janubiy hududlarida ilk dehqonchilik xo’jaligi tabiiy sug’roma dehqonchilik madaniyati qaror topdi. Bronza davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etno- madaniy rivojlanishining manbasi ekanligi haqida ma’lumotlar yoritilgan.


31.03.2024 Volume 3 Issue 3 View more Download
AKSIZ SOLIG'I HISOBI VA UNING IQTISODIYOTDAGI O'RNI

Mazkur maqolada aksiz soligining hisobi va uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan orni muhokama qilinadi. Ozbekiston Respublikasida amalda bolgan aksiz soligi stavkalari va ularning byudjet daromadlarini shakllantirishdagi roli va ta’siri yoritiladi.


31.03.2024 Volume 3 Issue 3 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor