Mazkur maqolada konstruktivistik yondashuv asosida o‘zbek tili darslarida talabalarning ma’naviy-axloqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modelining samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy oliy ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlashi, ijtimoiy mas’uliyati va axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqot jarayonida pedagogik tajriba-sinov ishlari olib borilib, tajriba va nazorat guruhlari natijalari qiyosiy-statistik tahlil qilindi. Ishlab chiqilgan ta’lim modeli muammoli vaziyat yaratish, interfaol metodlardan foydalanish, matn asosida axloqiy tahlil tashkil etish hamda refleksiv faoliyatni yo‘lga qo‘yishga asoslandi. Tadqiqot natijalari konstruktivistik yondashuv talabalarning axloqiy tushunchalarni anglash darajasi, mustaqil va tanqidiy fikrlashi, ijtimoiy faolligi hamda qadriyatlarga ongli munosabatini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.
Ҳозирги вақтда нейрон тармоқ моделларидан фойдаланган ҳолда машинани ўрганиш усулларидан фойдаланиш кўплаб муаммоларни ҳал қилиш имконини беради. Масалан, таълим соҳасидаги тадқиқотчилар ўқувчиларнинг таълимга фаоллигини ўлчашни автоматлаштиришга қодир.
Aktinomitsetlarning biotexnologiya va tibbiyot sohalarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan mikroorganizmlar hisoblanadi. Aktinomitsetlar yuqori biologik faol ikkilamchi metabolitlar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lib, zamonaviy antibiotiklarning asosiy manbai hisoblanadi. Maqolada aktinomitsetlarning antibiotik, antitumor va immunosupressiv moddalar sintezidagi ro‘li, sanoat fermentlari ishlab chiqarishdagi ahamiyati, shuningdek bioremediyasi va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi xorijiy ilmiy tadqiqotlar asosida yoritilgan. Bundan tashqari, dengiz va endofit aktinomitsetlarning yangi biofaol birikmalari manbai sifatidagi istiqbollari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari aktinomitsetlarni zamonaviy biotexnologiya va farmatsevtika sanoati uchun muhim biologik resurs ekanligini tasdiqlaydi.
This article presents an analysis of the current state of gastronomic tourism in Uzbekistan, as well as a study of the gastronomic tourism market abroad. In addition, a marketing study of the gastronomic sector in Uzbekistan has been carried out. The opportunities and prospects for the development of gastronomic tourism in the country are considered.
Ushbu maqolada EmguCV kutubxonasi va .NET platformasi yordamida real vaqt rejimida ishlovchi yuzni tanish biometrik xavfsizlik tizimini ishlab chiqish jarayoni yoritilgan. Tadqiqotning asosi axborot xavfsizligini ta’minlashda kontaktsiz autentifikatsiya usullarini joriy qilishga qaratilgan. Tizimda tasvirlarga ishlov berish uchun OpenCV kutubxonasining C# uchun qobig‘i bo‘lgan EmguCV dan foydalanilgan. Yuzni aniqlash uchun Haar Cascade algoritmi, tanib olish uchun esa LBPH (Local Binary Pattern Histograms), Eigenfaces va Fisherfaces algoritmlari qiyosiy tahlil qilingan. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, LBPH algoritmi turli yorug‘lik sharoitlarida 93.9% dan 99% gacha aniqlikni ta’minlab, real vaqt rejimidagi kirishni boshqarish tizimlari uchun eng samarali yechim hisoblanadi. Maqolada tizimning texnik arxitekturasi, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash modullari va apparat qismini boshqarish tamoyillari batafsil bayon etilgan.