Phacoemulsification with intraocular lens (IOL) implantation is the standard surgical treatment for age-related cataract, aiming to restore visual function and improve quality of life. This prospective study evaluated 80 patients who underwent cataract surgery with either monofocal (n=40) or multifocal (n=40) IOL implantation. Postoperative assessment at 1 and 3 months included uncorrected visual acuity at far, intermediate, and near distances, contrast sensitivity, visual phenomena, and patient satisfaction. Both groups achieved significant improvement in distance vision. Multifocal IOLs provided superior near and intermediate visual acuity and reduced dependence on spectacles, while monofocal IOLs showed higher contrast sensitivity and fewer visual disturbances. These findings highlight the importance of individualized IOL selection based on patient lifestyle, visual requirements, and tolerance for optical side effects to optimize functional outcomes and satisfaction after cataract surgery.
Ushbu maqolada yuklarning harakatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimlarining texnologik asoslari va arxitekturasi tadqiq etilgan. Global ta'minot zanjirlarining murakkablashuvi va logistika jarayonlarini optimallashtirish zarurati zamonaviy kuzatuv tizimlarini joriy etishni taqozo etmoqda. Tadqiqot doirasida GPS, GNSS, GSM, IoT va RFID kabi ilg‘or texnologiyalarning ishlash prinsiplari, integratsiya mexanizmlari hamda o‘zaro hamkorligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, real vaqt rejimida kuzatishning afzalliklari va mavjud cheklovlari solishtirma tahlil asosida o‘rganilgan.
Ushbu maqolada XIX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi Muhammad Sharif Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi majoziy obrazlar, hayvonlar va qushlar tili orqali berilgan ijtimoiy tanqid, shuningdek, asarning leksik qatlamini tashkil etuvchi maqollar tahliliga keng o‘rin berilgan. Maqolada muallifning badiiy mahorati, “hikoya ichida hikoya” uslubi va asarning bugungi kunda tutgan o‘rni ilmiy va mustaqil fikrlar asosida yoritiladi.
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblangan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy tafakkurni rivojlantirish masalasi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotda tanqidiy fikrlash tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilib, uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari va samarali yo‘llari asoslab berilgan. Shuningdek, interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar yaratish, mantiqiy savol-javoblar tizimi hamda refleksiya jarayonining o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada o‘qituvchining kasbiy kompetentligining ahamiyati, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va kompetensiyaviy ta’lim asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning mantiqiy, tahliliy va mustaqil fikrlashini rivojlantirishda muhim omil ekani ilmiy dalillar asosida bayon etiladi.