Ushbu maqolada Aksiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) jarayonining iqtisodiy mohiyati, uning investitsiyalarni jalb etishdagi o‘rni va O‘zbekiston sharoitida ushbu mexanizmning amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda IPO orqali korxonalarning kapitallashtirilgan qiymatini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish imkoniyatlari ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston kapital bozorining hozirgi holati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan IPO loyihalari, davlat ulushini kamaytirish siyosati hamda xalqaro tajribalarning tahlili keltirilgan. Xususan, rivojlangan davlatlar — AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Xitoy tajribalari asosida O‘zbekiston uchun samarali model va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, IPO jarayonlarini jadallashtirish nafaqat investitsion muhitni yaxshilaydi, balki iqtisodiyotda shaffoflik, raqobat va kapitallashuv darajasini oshiradi.
Mazkur maqolada Qoraqalpoq xalq dostonlarini o’qishning talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan .Unda dostonlarning nafaqat adabiy yodgorlik ,balki xalqning ma’naviy,madaniy va axloqiy merosining ajralmas qismi sifatida yosh avlod tarbiyasida tutgan o’rni ko’rsatib o’tilgan.Mualliflar talabalarning dostonlarini o’qish va tahlil qilish orqali milliy qadriyatlar tarixiy an’analar hamda estetik tafakkurni o’zlashtirishi badiiy nutq va ijodiy tafakkurni rivojlantirishi shuningdek maqolada qoraqalpoq dostonlarini ijro etishdagi qiyinshiliklar-yodlash emotsional ifoda ritmni saqlash sahna qo’rquvi va talaffuzdagi muammolari tahlil qilinadi hamda ularning yechimlari taklif etiladi.
Ushbu maqolada 1927–1930-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Hujum” harakati va “paranji tashlash” jarayonining ijtimoiy, madaniy hamda psixologik oqibatlari tahlil qilingan. Sovet hokimiyatining ayollarni ozod etish siyosati tashqi tomondan modernizatsiya ramzi sifatida ko‘rinsada mahalliy an’ana va diniy qadriyatlar bilan to‘qnash kelgan. Arxiv manbalari asosida ko‘plab ayollarning zo‘ravonlik va tazyiqlarga uchragani, ammo shunga qaramay, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortgani yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra “Hujum” harakati O‘zbekiston tarixida ayollar taqdirini tubdan o‘zgartirgan murakkab, ammo burilish davri sifatida baholanadi.
Ushbu maqolada xalqaro huquq tizimida davlatlarning javobgarligi institutining shakllanishi va unda xalqaro odat huquqining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif xalqaro odatlarning manba sifatidagi ahamiyatini, ularning davlat amaliyoti va opinio juris orqali shakllanish mexanizmini yoritadi. Maqolada, shuningdek, BMT xalqaro huquq komissiyasi tomonidan 2001-yilda qabul qilingan “Davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi maqolalar” hamda xalqaro sud amaliyotining mazkur sohaga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada xalqaro odat huquqi davlatlarning javobgarligini belgilashda muhim manba sifatida e’tirof etilgan.
Ushbu maqolada ayol rahbarlarning shaxsiy va psixologik xususiyatlari, ularning jamiyatdagi roli hamda duch keladigan ijtimoiy-psixologik to‘siqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, rahbarlik faoliyatida gender tengligining ahamiyati, ayollarning boshqaruvda o‘z o‘rnini topishi va bu jarayonda ularni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zarurati ilmiy asosda yoritiladi.