Mazkur maqolada og‘iz bo‘shlig‘i o‘smalarini, ayniqsa klinik amaliyotda eng katta xavf tug‘diradigan malign neoplaziyalarni, erta aniqlashning nazariy va amaliy asoslari, ularni birlamchi ko‘rik bosqichida tanib olish mezonlari, morfologik tasdiqlash tamoyillari hamda zamonaviy jarrohlik davolash usullari izchil tahlil qilinadi, chunki og‘iz bo‘shlig‘i saratonida prognoz ko‘p jihatdan tashxisning qaysi bosqichda qo‘yilganiga, o‘smaning chuqurligi va tarqalish darajasiga, bo‘yin limfa tugunlari holatiga hamda davolashning multidisiplinar yondashuv asosida olib borilishiga bog‘liq bo‘ladi; maqolada klinik ko‘rik, palpatsiya, shubhali shilliq qavat o‘zgarishlarini dinamik baholash, yordamchi skrining usullaridan oqilona foydalanish, biopsiya va gistologik tekshiruvning hal qiluvchi o‘rni, shuningdek erta bosqichlarda organ saqlovchi rezektsiyalar, rivojlangan holatlarda esa kombinatsiyalashgan kengaytirilgan operatsiyalar, bo‘yin limfa disseksiyasi va rekonstruktiv jarrohlikning o‘rni yoritiladi.
Ushbu maqolada texnik tizimlar bilan bog’liq fanlarni o‘qitishda terminlar, tayanch so‘zlar va iboralarning o‘rni va ahamiyati, ularning o‘quv jarayonidagi roli, hamda samarali qo‘llash usullari tahlil qilinadi. Terminologiyaning to‘g’ri qo‘llanishi talabalarning bilimni chuqur va aniq o‘zlashtirishiga xizmat qilishi. Shuningdek, ilmiy tafakkurni shakllantirishdagi roli yoritiladi va texnik fanlarni o‘qitishda tayanch tushunchalar orqali bilimlarni tizimli ravishda o‘zlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada 1941-1945 yillarda Samarqand davlat universiteti (o‘sha davrdagi O‘zbekiston davlat universiteti) hayoti, front ortidagi faoliyati, evakuatsiya qilingan ilmiy muassasalar bilan hamkorligi va urush davri qiyinchiliklariga qaramay saqlab qolingan ilmiy salohiyati tahlil qilinadi.