Ushbu maqola ingliz tilidagi so‘rov nutq aktlarining funksional va semantik turlarini pragmatik tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etildi. Shuningdek, tadqiqotda Austin va Searle tomonidan ishlab chiqilgan nutq aktlari nazariyasi metodologik asos sifatida qo‘llanildi. So‘rov nutq aktlari bevosita va bilvosita turlarga bo‘linib, har birining sintaktik, semantik va pragmatik xususiyatlari ochib berildi.
Ushbu maqolada globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda mediasavodxonlik axborot manipulyatsiyasiga qarshi turish mexanizmi sifatida, kiberxavfsizlik esa raqamli infratuzilmani himoya qilishning texnik asosi sifatida o‘rganilgan.
Ushbu maqolada “Qutlugʻ qon” romanida qahramonlar xarakterini yaratish mahorati va obrazlar portretining badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Yo‘lchi, Abdishukur, Mirzakarimboy, Yormat, O‘roz, Gulnor va Nuriniso kabi asosiy hamda ikkinchi darajali obrazlarning tashqi ko‘rinishi, nutqi, xatti-harakati va ichki kechinmalari yaxlit badiiy tizim sifatida o‘rganiladi. Yozuvchi qo‘llagan portret detallar va psixologik tasvirlar qahramon xarakterini ochib berishda muhim badiiy vosita sifatida tahlil etiladi. Natijalar Oybekning obraz yaratishda tashqi tasvir va ichki ruhiy holat uyg‘unligini ta’minlab, qahramonlarni jonli va ta’sirchan ifodalaganini ko‘rsatadi.