Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining faoliyatida yani boshlang‘ich sing o‘quvchilarining ta’lim, tarbiyasini shakllantirishda va shaxs sifatida rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘rni, pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llagan holda o‘qitish samaradorligini oshirish usullari tahlil qilingan.
Ushbu maqola sotsiologik ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish jarayonlarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Maqola, sotsiologik tadqiqotlarning ahamiyatini ta'kidlab, ma'lumot yig'ishning turli usullari, ma'lumotlarni tozalash va tahlil qilish metodlari hamda tadqiqot natijalarini taqdim etish usullari haqida batafsil ma'lumot beradi. Har bir bosqichning o'ziga xos xususiyatlari va qo'llaniladigan texnikalari, jumladan deskriptiv va inferensial statistika, regressiya tahlili kabi usullar yoritiladi. Maqola, sotsiologik ma'lumotlar yordamida jamiyatdagi muammolar va o'zgarishlarni tushunish va baholash imkoniyatlarini taqdim etadi.
Jahon moliya bozori xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hisoblanadi.
Ushbu maqolada Germaniya va AQSh vakilasi, shifokor va sotsiolog Karen Xornining Freydning psixoanaliziga tarafdor bo’lib sotsiologiya rivojiga qo’shgan xissalari hamda “Zamonamizning nevrotik shaxsi” asarining yaratilishi, mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda sotsiologiyada tutgan o’rni haqida ma’lumot beriladi.
Mazkur maqolada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tomonidan o‘tkazilgan yer-suv munosabatlari manbalar va ilmiy adabiyotlar orqali tahlil qilingan. BXSR davrida mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy va boshqa ko‘plab sohalarda islohotlar o‘tkazilgan.