OILA XUSUSIDA SHARQ MUTAFAKKIRLRINING FALSAFIY QARASHLARI

Ma'lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy mas'uliyat, o’zaro qurmat, tushunish va mehr-muhabbat umumiyligi bilan bog`langan kichik ijtimoiy guruh oila deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o’zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, oila ko’p muddatga, ya'ni bir necha o’n yillar va ko’p yillarga mavjud bo’ladi; ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, ya'ni milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, xissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;


21.02.2025 Volume Issue View more Download
BACHADON BO‘YNI RAK OLDI KASALLIKLARINI ANIQLASH VA DIAGNOSTIKA USULLARINING PATOFIZIOLOGIYA XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari (prekantsereoz holatlar) va ularni aniqlash usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Patofiziologik o‘zgarishlar, diagnostik usullar, ularning samaradorligi hamda kasallik rivojlanish xavfini kamaytirish uchun olib boriladigan profilaktik tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy molekulyar va immunologik diagnostika usullari haqida ham so‘z yuritiladi.


21.02.2025 Volume Issue View more Download
INGLIZ VA O‘ZBEK TOPISHMOQLARINING UMUMIY LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos janri bo‘lib, ular xalqning madaniy, ijtimoiy va tarixiy merosini aks ettiradi. Bu janr til orqali yetkaziladigan obrazli ma’lumotlarga boy bo‘lib, til va madaniyat o‘rtasida chuqur bog‘liqlikni namoyon etadi. Ingliz va o‘zbek madaniyatlarida topishmoqlar uzoq tarixga ega bo‘lib, har birining til va madaniyatga xos o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek topishmoqlarining lingvistik xususiyatlari o‘rganiladi, ularning umumiy tomonlari tahlil qilinadi va farqlari aniqlanadi.


21.02.2025 Volume Issue View more Download
TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA 5E YONDASHUV ASOSIDA DARS MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishda 5 E modeli asosida darslarni tashkil etish, o‘quvchilarni darsga jalb qilish, qiziqtirish, mavjud bilimlarini tadqiq qilish, mavzuni turli xil usullar bilan tushuntirish, ko‘nikmalar asosida bilimni amaliyotga qo‘llash va olgan bilimlarini baholash to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.


21.02.2025 Volume Issue View more Download
TOHIR MALIKNING “ODAMIYLIK MULKI” ASARIDA INSONIYLIK VA AXLOQIY QADRIYATLAR TALQINI

Ushbu maqolada Tohir Malikning “Odamiylik mulki” asarida keltirilgan insoniylik, axloqiy qadriyatlar, tarbiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, ahamiyati, milliy odob – axloq masalalari talqini haqida so‘z yuritildi.


21.02.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor