Maqolada oyla tarbiyasi mazmuni, vazifalari, bo'sh vaqtning rolini oshirish oila hayotini to'g'ri ritm va rejim asosida tashkil etish, uning a'zolari orasida majburiyatlarni oqilona taqsimlash, mehnat va dam olishni rejalashtirish, shuningdek oilada tashkil etiladigan iqtisodiy tarbiya bolalarda iqtisodiy savodxonlik hamda tafakkurning shakllanishida muhim o'rin tutishi haqida sóz etiladi.
Maqolada tijorat banklarining samarali faoliyat yuritishida inson resurslarini boshqarish tizimi qanday strategik ahamiyat kasb etishi chuqur tahlil qilinadi. Bugungi raqobatbardosh moliyaviy muhitda banklarning muvaffaqiyati nafaqat texnologik infratuzilmasi yoki kapital hajmi bilan, balki malakali va motivatsiyalangan xodimlar salohiyati bilan ham belgilanadi. Shu nuqtai nazardan, inson resurslarini boshqarish (IRB) tizimining zamonaviy tendensiyalarga moslashuvi, xodimlar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlarning joriy etilishi, raqamli transformatsiyaga tayyorlik darajasi, shuningdek, xalqaro ilg‘or tajribalarning o‘zlashtirilishi muhim omillar sifatida qaralmoqda. Tadqiqot davomida O‘zbekiston tijorat banklarida mavjud IRB tizimining holati, xodimlar almashuvining yuqori darajasi, yetakchilik salohiyatining yetarlicha rivojlanmagani, ichki tayyorlov va o‘qitish tizimlarining samaradorligi past ekani aniqlangan. Maqolada shuningdek, kompetensiyalarga asoslangan boshqaruv, KPI va CRM texnologiyalarining IRB jarayonlariga integratsiyasi, shuningdek, mentorlik va karyera rivojlanishi dasturlarining ahamiyati ham alohida yoritilgan.
Gandbolchilar o‘yin davomida nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarlikka ham tayanuvchi sportchilardir. Musobaqa paytidagi stress holatlari sportchining qaror qabul qilish qobiliyatiga, diqqatiga va harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotda stressning asosiy manbalari — jamoaviy bosim, kutishlar, individual mas’uliyat — tahlil qilinib, musobaqaviy stressning sportchilarga ta’siri ikki yo‘nalishda: salbiy va ijobiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Diqqatni jamlash, vizualizatsiya, ijobiy fikrlash, o‘zini anglash hamda ruhiy boshqaruv texnikalari stressni kamaytirishga va sportchi samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali vositalar sifatida tavsiya etiladi.
Bul maqala tiykarnan nátiyjeli sabaq islenbelerin tayarlawda sabaq maqsetin durıs qoyıwǵa qaratılǵan. Sabaq maqsetin durıs qoyıwda SMART nátiyjeli maqset ólshemleriniń wazipaları sonıń menen birge sabaq islenbesin tayarlawda SMART talaplarına tiykarlanıp maqset qoyıw hám onı sabaq barısında ámelge asırıwda nátiyjeli sabaq júzege keliwiniń tiykarın jaratatuǵınlıǵı kerekligine toqtap ótilgen.
Ushbu maqolada zamonaviy bank tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan marketing faoliyatining mohiyati, ahamiyati va rivojlanish yo‘nalishlari keng qamrovda o‘rganilgan. Bank sektorida yuzaga kelayotgan keskin raqobat sharoitida tijorat banklarining barqaror faoliyat yuritishi, mijozlar sonini ko‘paytirish, ularning sodiqligini ta’minlash va moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishda marketingning tutgan o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda an’anaviy marketing yondashuvlari bilan bir qatorda innovatsion va raqamli marketing vositalarining joriy etilishi tijorat banklari uchun strategik zaruratga aylanmoqda. Maqolada bank marketingining asosiy yo‘nalishlari – bozorni segmentatsiyalash, mijozlar bilan aloqalarni boshqarish, reklama va PR faoliyatini tashkil qilish, narx va xizmat siyosatini shakllantirish hamda raqamli platformalarda xizmat ko‘rsatish tizimlari tahlil qilingan. Shuningdek, bank marketingida uchrayotgan dolzarb muammolar, jumladan, marketing strategiyalarining yetarlicha ishlab chiqilmagani, mijozlar ehtiyojlarini chuqur o‘rganish tizimining sustligi, raqamli marketing vositalarining cheklangan qo‘llanilishi singari holatlar batafsil ko‘rib chiqilgan. Xorijiy davlatlar tajribasi asosida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar esa O‘zbekiston tijorat banklari marketing siyosatini takomillashtirishda muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.