This article explores how artificial intelligence (AI) is revolutionizing credit risk assessment in financial technology (Fintech) lending platforms. By analyzing large datasets in real-time, AI systems enhance accuracy, reduce bias, and expand access to credit. The research incorporates global insights from organizations like the IMF, World Bank, and BIS, along with examples from emerging Fintech ecosystems, including Uzbekistan. The paper also examines regulatory challenges, data privacy concerns, and practical recommendations for implementing AI in a responsible and inclusive way.
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning reflektiv faoliyatini rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, refleksiya, umume’tirof qilingan pedagogik-psixologik hodisa sifatida, bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-pedagogik pozitsiyasining tarkibiy qismi sifatida tahlil qilingan.
Ushbu maqolada chakana bank xizmatlarining tijorat banklari samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi hamda ushbu xizmatlarni rivojlantirishning samarali yo‘llari muhokama etiladi. Tadqiqotda chakana bank xizmatlari tushunchasi va ularning tijorat banklari faoliyatidagi o‘rni nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, tijorat banklari samaradorligini oshirishda chakana xizmatlarining ahamiyati amaliy misollar va statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada chakana bank xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik yondashuvlar hamda bank infratuzilmasini rivojlantirish yo‘llari tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklari menejerlari va moliyaviy tahlilchilar uchun foydali ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Maqolaning amaliy ahamiyati shundaki, unda tijorat banklari tomonidan chakana xizmatlarni yanada rivojlantirish orqali mijozlar bazasini kengaytirish va banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining raqamli iqtisodiyotdagi o’rni va rivojlanish tendensiyalari o’rganilgan. Misol uchun, sun’iy intellektning raqamli iqtisodiyotga kirib kelishi, rivojlanishi, narxlarni oldindan bashorat qilish, inflatsiyani baholash va iqtisodiy sohalarni monitoring qilish. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotdagi sun’iy intellekt texnologiyalari turlari o’rganilgan.