Ushbu maqolada bankrotlik xavfi ostida turgan tashkilotlarning inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv yo‘llari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada avvalo bankrotlik xavfining nazariy asoslari va belgilari o‘rganiladi. Shundan so‘ng, moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida tashkilotlarning moliyaviy holatini baholash usullari, jumladan, Z-Score modeli va boshqa baholash yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Maqola davomida inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruv strategiyalari, jumladan, moliyaviy rejalashtirish, likvidlikni boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish va qarzdorlikni qayta moliyalashtirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini saqlab qolish va bankrotlik xavfini minimallashtirishga yordam beradigan amaliy yechimlarni o‘z ichiga oladi.
В данной статье исследуются пути и средства государственной поддержки инновационной деятельности в сфере услуг, факторы развития инновационной деятельности, экономический смысл и сущность использования инновационного предпринимательства в сфере услуг, различные механизмы и методы реализации государственного регулирования и поддержки инновационного предпринимательства.
Ushbu maqolada soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirishning zarurati va asosiy yoʻnalishlari muhokama qilinadi. Soliq ma'muriyatchiligi davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashda va soliqlarni toʻgʻri hisoblash va undirishda muhim rol oʻynaydi. Tadqiqotda soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari, xalqaro tajribalar va Oʻzbekiston Respublikasi misolida mavjud muammolar koʻrib chiqildi. Maqolada soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni soddalashtirish, raqamlashtirishni kuchaytirish, soliq nazorati va xabardorlikni oshirish, shuningdek, soliq toʻlovchilar huquqlarini himoya qilish choralari tahlil qilinadi. Soliq ma'muriyatchiligini zamonaviylashtirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish va soliq tushumlarini barqarorlashtirish mumkinligi asoslab berilgan.
Mustaqil demokratik yo'ldan dadil odimlayotgan O'zbekistonning eng ulug' maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko'zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e'tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo'yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13-moddasida “O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” [1] deyilgan. Ushbu maqolada, jamiyatning yangilanishi sharoitida insonlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlashning dolzarb masalalari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.