Ushbu maqola talabalarning fizika fanidan kompetentligini oshirishda interfaol usullardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Interfaol usullar, xususan, simulyatsiya dasturlari, loyiha asosidagi ta’lim va raqamli texnologiyalar fizika o‘qitishda samaradorlikni oshirish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada ushbu usullarning afzalliklari, ularni qo‘llash usullari va kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari interfaol usullarning talabalarning qiziqishini oshirish va bilimlarini chuqurlashtirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
Diabetik nefropatiya (DN) —Qandli diabet kasalligiga xos bo‘lgan og‘ir asoratlardan biri bo‘lib, so’ngi bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi (SBBY)ning asosiy sababidir. Garchi mikro- va makroalbuminuriya DNni aniqlashda "oltin standart" bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, buyrak shikastlanishi siydikdagi albumin miqdori ortishidan ancha oldin boshlanadi. An’anaviy ravishda DNning oldini olish bo‘yicha klinik tavsiyalar qonda glyukoza miqdori, qon bosimi va lipid darajasini nazorat qilishga qaratilgan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY)dagi dislipidemiya, asosan, triglitseridlarning ko‘payishi, yuqori zichlikdagi lipoprotein (YZLP) kamayishi va past zichlikdagi lipoprotein (PZLP) o‘zgaruvchan darajalari bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) almashinuvi buzilgan bo‘ladi. SBY rivojlanishi va uning davosi lipid almashinuviga ham ta’sir ko‘rsatadi va dislipidemiya holatini yanada og‘irlashtiradi. Ushbu patofiziologik mexanizmlarni chuqur tushunish — DN va SBYga chalingan bemorlar uchun lipidlar miqdorini optimal boshqarish va natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Boshlang'ich sinflarda ona tili darslari nafaqat o‘quvchilarga savod o‘rgatish, balki ularning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, ijodiy fikrlashini shakllantirish va mustaqil qobiliyatlarni rivojlantirish, ijodiy fikrlashini shakllantirish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini o‘stirishga xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limda o‘qitish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish uchun interfaol metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu metodlar o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi, ularning faolligini oshiradi va bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
This article explores the role of mobile applications in fostering autonomous learning of the French language. The rapid advancement of digital technologies has significantly transformed approaches to foreign language instruction, creating new opportunities for independent, flexible, and interactive learning. Through the analysis of various mobile applications and their pedagogical potential, the article highlights the effectiveness of these tools in developing linguistic competence and promoting learner autonomy.