Mazkur maqolada tarix darslarida dramatizatsiya va rolli o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etilgan. Interfaol metod sifatida bu usullar o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshirish, tarixiy voqealarni chuqur anglash, tanqidiy fikrlash, empatiya va ijodkorlik kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Vygotskiy va Piaget nazariyalari asosida dramatik yondashuvlarning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, dramatizatsiya va rolli o‘yinlarni dars jarayonida samarali qo‘llashga doir tavsiyalar keltirilgan.
Ushbu maqola “O‘zbekiston Energetikasining kelajagi va unga Innovatsion Yechimlar” mavzusida O‘zbekiston energetikasidagi muammolarni hal qilish uchun kichik modulli reaktorlar (SMR), quyosh va shamol energiyasini tahlil qilishga qaratilgan. Maqolaning asosiy maqsadi – ushbu barqaror energiya manbalarini quvvati, ekologik ta’siri, xarajati va mahalliy sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlari solishtirilib, innovatsion yechimlar taklif qilishdir. Tadqiqotda solishtirish usuli va mahalliy kuzatuvlar asosida tahlil olib borildi. Natijalarda SMR’larning barqaror bazaviy yuk ta’minlashi, quyosh energiyasining tezkor o‘rnatilishi va shamol energiyasining ekologik afzalliklari aniqlangan, ammo ularning kamchiliklari (chiqindilar, ob-havoga bog‘liqlik) ham ko‘rib chiqilgan. Innovatsion yechim sifatida uchalasini birlashtirish orqali energiya taqchilligini kamaytirish taklif qilinadi.
Turkiyada Alisher Navoiy haqidagi tadqiqotlar faol ravishda amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbek adabiyotshunoslari bu tadqiqotlarni o‘rganib, tahlil qilib ular haqida bir qancha maqola va dissertatsiyalar yaratganlar. Ushbu maqolada turk navoiyshunosligi haqida yurtimizda amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada 2023-yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining yangi konstitutsiyasi mazmuni, uning milliy va xalqaro huquqiy tamoyillar bilan uyg’unlashuvi hamda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimga ta’siri, davlatning fuqarolarga nisbatan ma’suliyatini oshirish va inson huquqlarini kafolatlash borasidagi yangi normalar havola etilgan. Yangi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari, davlat boshqaruvi tizimi, sud hokimiyati mustaqilligiga qaratilgan o’zgarishlar o’rganilgan.
Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni joriy etish barcha sohalarning rivojlanishi uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Innovatsiyalar ta’lim, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida samaradorlikni oshirishga, resurslarni optimallashtirishga va raqobatbardoshlikni ta’minlashga yordam beradi. Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalarning ahamiyati, ularni joriy etish usullari hamda zamonaviy yondashuvlarning rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar, ilg‘or texnologik echimlar va ularni O‘zbekistonda tatbiq etish bo‘yicha takliflar keltiriladi. Innovatsion jarayonlarni samarali boshqarish, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va avtomatlashtirishning iqtisodiy hamda ijtimoiy sohalarga ta’siri keng yoritilgan.