ZULFIYA MEROSI VA “ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI” AN’ANALARINING MA’NAVIY AHAMIYATI

Mazkur maqolada o‘zbek xalq shoiri Zulfiya Isroilovaning ma’naviy merosi va uning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan Davlat mukofoti an’analarining tarbiyaviy hamda ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi. Shoiraning ijodiy faoliyati, ayolning jamiyatdagi o‘rni, Vatanga sadoqat va insoniylik g‘oyalarini targ‘ib etgan asarlarining ta’siri yoritiladi.Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti — bu shunchaki mukofot emas, balki yosh avlodni ezgulikka, ijodga va ma’naviy yuksalishga undovchi ma’naviy qadriyat sifatida talqin qilinadi. Ushbu mukofot orqali O‘zbekiston yosh qizlari o‘z iqtidorini namoyon etib, Vatanga muhabbat, bilim va ijod orqali xizmat qilishga ruhlanadilar. Maqolada Zulfiya Isroilovaning hayoti va asarlarida ifodalangan ayollik, mehr, sadoqat va vatanparvarlik g‘oyalari bilan ushbu mukofotning bugungi kundagi ahamiyati o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlik tahlil qilinadi. Zulfiya merosi — bu ayol qalbining sadosi, xalq ruhining ohangi, millatning orzusi va sadoqatining ramzidir. Uning nomi bilan bog‘langan mukofot esa o‘zbek ayolining or-nomusi, iste’dodi va ma’naviy kuchini avlodlarga eslatib turuvchi abadiy ilhom manbaidir.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
ABDULVOHID BURHONOV HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATI

Bugungi rivojlanib borayotgan adabiyotimizda ko‘plab ijodkorlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Ularning har biri adabiyotimiz uchun ahamiyatlidir. Ushbu maqolamizda Abdulvohid Burhonov hayot faoliyati, ijodiy ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Uning ijtimoiy faolligi, ijodi va shaxsiy qarashlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
XAMSADA SALAFLAR TA’RIFI

Ushbu maqola xamsachili anʼanasini davom ettirgan Xazrat Alisher Navoiy "Xamsa" sidagi boblarda Salaflarning taʼrifi haqida. Xamsachilikda ulkan iz qoldirgan, barchamizga maʼlum va mashhur uchta shoir Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy vasfida yozilgan boblarning bir-biridan farqli jihatlari, qaysi dostonda qanday taʼriflanganligi keltirib oʻtiladi. Navoiy har bir dostonida har bir Salaf haqida turli fikrlarni bayon etadi va hech biri takrorlanmaydi.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
XOLID HUSAYNIYNINING HAYOTI VA IJODI (“SHAMOL ORTIDAN YUGURIB”) ASARI MISOLIDA

Maqolada asli afg‘onistonlik bo‘lgan yozuvchi Xolid Husayniy hayoti va ijodi, asarlaridagi o‘ziga xoslik haqida so‘z boradi. Maqoladan ko‘zlangan maqsad, o‘zbek kitobxonlariga Xolid Husayniy asarlarining dunyoga kelish sabablari va asar voqealari yozuvchi hayoti bilan qanchalar bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berish hamda, “Shamol ortidan yugurib” asarini biografik metodga ko‘ra tahlil qilishdan iborat. O‘zbek kitobxonlari orasida Xolid Husayniy asarlari haqida yaxlit, teran tushunchalarni uyg‘otish va uning asarlari bilan yaqindan tanishtirish.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARINING STRUKTURAL TAHLILI

Ushbu maqolada Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining falsafiy mazmuni va strukturaviy tahlili amalga oshiriladi. Asarda ilgari surilgan axloqiy, ilmiy va insonparvarlik g‘oyalari, shuningdek, asarning tuzilishi, kompozitsion birliklari, til va uslub jihatidan o‘ziga xosligi ilmiy nuqtayi nazardan yoritiladi. Tadqiqotda Avloniy qarashlarining ijtimoiy-madaniy muhit bilan bog‘liqligi, uning ma’naviy merosi va zamonaviy tarbiya jarayonidagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor