O’ZBEKISTONNING JAHON SIYOSIY MAYDONIDA TUTGAN O’RNI VA RO’LI

Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasining eng yangi davrda Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlardagi ro’li, hozir va kelajakdagi amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan siyosiy jarayonlari, rejalari, shuningdek, butun jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan o’rnatgan aloqalari haqida yozilgan.


26.11.2024 Volume Issue View more Download
XALQARO HUQUQ VA UNING NIZOLARINI HAL QILISH, TINCHLIK VA BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI ROLI

Ushbu maqola Xalqaro huquq tushunchasi, xalqaro huquqning global barqarorlikni ta`minlashdagi siyosiy o`rni, hamda xalqaro va milliy huquqning o`zaro aloqasi tahlil qilinadi. Bundan tashqari maqolada Xalqaro huquqning tinchlikni saqlashdagi asosiy printsiplari Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi xalqaro huquqiy mexanizmlar,xalqaro tashkilotlarning ayni shu sohadagi olib borayotgan faoliyati,bugungi kundagi xalqaro nizolar va ularning sabablari tahlil qilinadi.


26.11.2024 Volume Issue View more Download
SUN’IY INTELLEKTNING HUQUQIY ASPEKTLARI: INTELLEKTUAL MULK HUQUQI

Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi bilan birgalikda, u tomonidan yaratilgan intellektual mulk obyektlarining huquqiy maqomi dolzarb masalaga aylanmoqda. O‘tgan asrda sodir bo‘lgan misli ko‘rilmagan kashfiyotlar va sun’iy intellektning rivojlanishi bugungi kunda nafaqat ilm-fan va texnologiyalar sohasini, balki huquqiy tizimni ham o‘zgartirmoqda. Sun’iy intellektning o‘zi mustaqil ravishda internetdagi mavjud ma’lumotlar asosida ixtirolar yaratishi, asarlar yozishi va tasviriy san’at asarlarini yaratishi natijasida, ushbu texnologiya tomonidan ishlab chiqarilgan asarlarni mualliflik huquqi bilan himoya qilish masalasi yuzaga kelmoqda. Maqolada sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan intellektual mulk huquqi obyektlarining huquqiy maqomini belgilashdagi murakkabliklar, jahon qonunchiligi va amaliyotidagi tafovutlar hamda bu texnologiyaning iqtisodiy va ijtimoiy foydalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada mazkur muammoni hal qilish uchun zarur bo‘lgan qoidalar va huquqiy tartibotlarning shakllanishi yuzasidan tavsiyalar beriladi.


26.11.2024 Volume Issue View more Download
O'ZBEKISTONDA ISHSIZLIK VA YALPI ICHKI MAHSULOTNING O'SISHI, TOSHKENT SHAHRINI OPTIMALLASHTIRISH VA VAQT QADRI

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda ishsizlik va yalpi ichki mahsulotning oʻsishi, Toshkent shahrini optimallashtirish va vaqt qadri masalalariga to’xtalib o’tilgan. Maqola davomida ijtimoiy va tabiiy resurslarning inson hayotida muhimligi yoritib berilgan.


25.11.2024 Volume Issue View more Download
ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING KESH HOTIRASI VA UNING TASHKIL ETILISHI

Ushbu maqolada zamonaviy kompyuterlarning kesh hotirasi va uning tashkil etilishi haqida keng qamrovli tahlil keltirilgan. Kompyuter arxitekturasi, kesh hotirasining vazifasi, turlari, va uning ishlash prinsiplari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kesh hotirasining ishlash tezligini oshirish va umumiy kompyuter tizimining samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyati o‘rganilgan. Maqolada kesh hotirasi texnologiyalarining evolyutsiyasi va zamonaviy kompyuterlarda qo‘llanilishi, shuningdek, uning dasturiy ta’minot va apparat tizimlari bilan aloqasi haqida ham ma’lumotlar taqdim etiladi. Maqola kompyuter texnologiyalariga qiziqqan talaba, ilmiy xodimlar va mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.


25.11.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor