Ushbu maqolada O‘zbekistonda investitsiya faolligini kuchaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlar va uning muvaffaqiyati uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganiladi. Unda O‘zbekiston tomonidan mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tashabbuslar atroflicha o‘rganilgan. Siyosatchilar va manfaatdor tomonlar mustahkam investitsiya faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni tushunib, O‘zbekiston erishgan yutuqlarni baholashlari, muammolarni aniqlashlari va mamlakatda investitsiya imkoniyatlarini yanada oshirish va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish strategiyalarini ishlab chiqishlari mumkin.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda bank kreditlarining roli va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda tijorat banklari tomonidan kichik biznesni kreditlash hajmi ortib borayotgan bo‘lsa-da, ushbu jarayonda garov ta’minotining yetishmasligi, yuqori foiz stavkalari, kredit risklarini baholash tizimining takomillashmaganligi kabi muammolar mavjud. Tadqiqotda ushbu muammolarning sabablari aniqlanib, kredit siyosatini liberallashtirish, davlat kafolat fondlarini kengaytirish, imtiyozli kredit liniyalarini joriy etish va raqamli kreditlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Maqola natijalari kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda bank-moliya tizimining barqarorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslarni mustahkamlaydi.
Ushbu maqolada Aksiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) jarayonining iqtisodiy mohiyati, uning investitsiyalarni jalb etishdagi o‘rni va O‘zbekiston sharoitida ushbu mexanizmning amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda IPO orqali korxonalarning kapitallashtirilgan qiymatini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish imkoniyatlari ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston kapital bozorining hozirgi holati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan IPO loyihalari, davlat ulushini kamaytirish siyosati hamda xalqaro tajribalarning tahlili keltirilgan. Xususan, rivojlangan davlatlar — AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Xitoy tajribalari asosida O‘zbekiston uchun samarali model va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, IPO jarayonlarini jadallashtirish nafaqat investitsion muhitni yaxshilaydi, balki iqtisodiyotda shaffoflik, raqobat va kapitallashuv darajasini oshiradi.
Mazkur maqolada Qoraqalpoq xalq dostonlarini o’qishning talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan .Unda dostonlarning nafaqat adabiy yodgorlik ,balki xalqning ma’naviy,madaniy va axloqiy merosining ajralmas qismi sifatida yosh avlod tarbiyasida tutgan o’rni ko’rsatib o’tilgan.Mualliflar talabalarning dostonlarini o’qish va tahlil qilish orqali milliy qadriyatlar tarixiy an’analar hamda estetik tafakkurni o’zlashtirishi badiiy nutq va ijodiy tafakkurni rivojlantirishi shuningdek maqolada qoraqalpoq dostonlarini ijro etishdagi qiyinshiliklar-yodlash emotsional ifoda ritmni saqlash sahna qo’rquvi va talaffuzdagi muammolari tahlil qilinadi hamda ularning yechimlari taklif etiladi.
Ushbu maqolada xalqaro huquq tizimida davlatlarning javobgarligi institutining shakllanishi va unda xalqaro odat huquqining o‘rni tahlil qilinadi. Muallif xalqaro odatlarning manba sifatidagi ahamiyatini, ularning davlat amaliyoti va opinio juris orqali shakllanish mexanizmini yoritadi. Maqolada, shuningdek, BMT xalqaro huquq komissiyasi tomonidan 2001-yilda qabul qilingan “Davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi maqolalar” hamda xalqaro sud amaliyotining mazkur sohaga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada xalqaro odat huquqi davlatlarning javobgarligini belgilashda muhim manba sifatida e’tirof etilgan.