Ushbu maqolada 1927–1930-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Hujum” harakati va “paranji tashlash” jarayonining ijtimoiy, madaniy hamda psixologik oqibatlari tahlil qilingan. Sovet hokimiyatining ayollarni ozod etish siyosati tashqi tomondan modernizatsiya ramzi sifatida ko‘rinsada mahalliy an’ana va diniy qadriyatlar bilan to‘qnash kelgan. Arxiv manbalari asosida ko‘plab ayollarning zo‘ravonlik va tazyiqlarga uchragani, ammo shunga qaramay, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi ortgani yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra “Hujum” harakati O‘zbekiston tarixida ayollar taqdirini tubdan o‘zgartirgan murakkab, ammo burilish davri sifatida baholanadi.
Mazkur maqolada o‘smir kikboksing sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rejalashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Sportchining yuksak sport natijalariga erishishida jismoniy tayyorgarlikning ahamiyati, ayniqsa, maxsus jismoniy mashqlar kompleksini to‘g‘ri tanlash va qo‘llashning o‘rni tahlil qilinadi.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida aholining bandligini ta’minlashda tijorat banklarining o‘rni chuqur tahlil etilgan. So‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotida bandlik darajasini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiy faollikni kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda. Shu jarayonda bank tizimi nafaqat moliyaviy vositachi, balki iqtisodiy rivojlanishning barqaror manbai sifatida ham muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqotda tijorat banklari tomonidan kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, startap loyihalar hamda xizmat ko‘rsatish sohasiga yo‘naltirilgan kreditlarning aholining bandligiga ta’siri tahlil qilinadi. Mualliflar tomonidan oxirgi yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlar asosida kredit hajmlari va hosil qilingan ish o‘rinlari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlik o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, imtiyozli kreditlar hajmining oshishi bandlik ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘sishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida banklarning faol ishtiroki iqtisodiyotning past daromadli qatlamlari uchun yangi daromad manbalarini hosil qilgan.
Ushbu maqolada virtual reallik (VR) texnologiyasining turizm va tibbiyot sohalarida qo‘llanilishining dolzarbligi, ilmiy va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda chet el tajribalari asosida VR texnologiyalarining tibbiy reabilitatsiyada samaradorlik ko‘rsatkichlari foizlarda keltiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida bu texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Natijalarga ko‘ra, VR asosidagi terapiya insultdan keyingi tiklanish jarayonlarida 14-20 % yaxshilanishga olib kelgani, turizm sohasida esa virtual marketing tashabbuslari sayohatga bo‘lgan qiziqishni oshirganini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada O’zbekiston ekologiyasida SSSR davrida paydo bo'lgan eng katta muammolardan biri Orol dengizi fojiasini bartaraf etishda Mustaqillik yillaridan boshlab ko’rilgan chora tadbirlar haqida so’z etiladi. Bunda asosan suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik chora-taqbirlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqaro hamkorlik va boshqalar haqida malumot beriladi.