XIX ASRNING 2-YARMIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI IJTIMOIY HAYOT VOZEH ASARLARI MISOLIDA

XIX asrning 2-yarmidagi Buxoroning siyosiy-ijtimoiy hayoti amir Nasrulloxon(1826-1860) hamda amir Muzaffarxonlar(1860-1885)ning nomlari bilan ko’zga tashlanadi. Fikr yuritilayotgan davr tarixini, xalqning turmush tarzi, ijtimoy hayotini o’rganishda esa ular bilan hamnafas bo’lgan zamondosh olimlarning bizgacha yetib kelgan asarlari muhim rol o’ynaydi. XIX asr oxiridagi Buxoro amirligidagi axloqiy qadriyatlar haqida ma'lumot beruvchi asarlar orasida bir necha muhim manbalar mavjud. Ushbu davrda yozilgan asarlar, ayniqsa, Buxoro amirligining axloqiy qadriyatlari, diniy qarashlar va madaniy an'analari haqida muhim ma'lumotlarni taqdim etgan. Ushbu maqolada ijtimoiy sohaning asosiy metodlaridan chuqur tahlil qilish hamda tarixiylik usuli asosida aniqlangan ma’lumotlardan foydalanilgan holda Vozehning asarlari misolida amirlikdagi ijtimoy hayot qisman bo’lsada yoritib beriladi. Aynan fikr yuritilayotgan davr tojik adabiyotida ko’zga koʻringan namoyandalardan biri Rahmatulloh Vozehdir. Vozeh qalamiga mansub bir necha mashhur asarlardan xususan, “Aqoid un nisa” risolasidan foydalanib Buxoro xalqining ijtimoiy tarixi bayon etiladi. Olimning boshqa zamondosh shoirlardan farqini ham aynan Buxoro amirligidagi ijtimoiy hayotni ochiqchasiga, hech qanday oshirib yozishlarsiz, xolis va haqqoniy bayon etganligida, kamchiliklarni yashirmaganligida ko’rish mumkin.


29.05.2025 Volume Issue View more Download
DEVELOPING SPEED AND STRENGTH QUALITIES IN 12–14-YEAR-OLD BOYS THROUGH TAEKWONDO TRAINING

This article explores methods for developing physical qualities, particularly speed and strength, in 12-14-year-old boys through Taekwondo training. Based on scientific research and practical experience, it presents specialized exercises and recommended training programs for this age group, aimed at enhancing athletic performance.


29.05.2025 Volume Issue View more Download
РОССИЯ ҲУКУМАТИНИНГ ҚОНУНЧИЛИК ҲУЖЖАТЛАРИДА ТУРКИСТОН ТАРИХИ

Ушбу мақолада Туркистон ўлкаси тарихини тадқиқ этишда Россия империяси томонидан ўлка бошқаруви учун қабул қилинган меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатлар ва қонунларнинг аҳамияти очиб берилади.


29.05.2025 Volume Issue View more Download
QADIMGI G‘ARB PEDAGOGIKASIDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR

Ushbu maqola g‘arb pedagogikasining umumisoniy qadriyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan hamda ularning boshqa xalqlar umuminsoniy pedagogikasining rivojlanishida tutgan o‘rni, G‘arb ta’lim tizimida shakllangan asosiy tamoyillar, erkinlik, tenglik, inson huquqlari ijtimoiy adolat va demokratiya kabi qadriyatlar tahlil qilinadi.


29.05.2025 Volume Issue View more Download
ABU TOHIRXO'JANING "SAMARIYA" ASARIDA QO'LLANILGAN GIDRONIMLAR: LINGVISTIK-ETIMOLOGIK TAHLIL

Ushbu maqolada Abu Tohirxo'janing "Samariya" asarida keltirilgan gidronimlar lingvistik va etimologik jihatdan tahlil qilingan. Asarda keltirilgan sakkizta asosiy suv obyekti nomlari tarixiy va zamonaviy manbalarga tayanib o'rganilgan. Tadqiqot natijasida gidronimlarning kelib chiqishi, ma'no xususiyatlari va hozirgi kundagi ahamiyati aniqlangan.


29.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor