TARJIMONNING MA'SULIYATI VA AXLOQIY ME'YORLARI

Tarjimonlik madaniyatlar, tillar va xalqlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi asosiy vosita sifatida qaraladi. Ushbu kasbda to'g'rilik va aniqlikni saqlash, madaniy moslikni ta'minlash, hassos mavzular bilan ishlashda ehtiyotkorlik qilish hamda konfidentsiallikni saqlash kabi mas'uliyatlar muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan. Shuningdek, halollik, xolislik, professionalizm va madaniyatga hurmat kabi axloqiy me'yorlarga rioya qilish zarurati ko'rsatilgan. Maqolada tarjimonning nafaqat so'zlarni tarjima qilishi, balki ular orqali hissiyot va madaniyatni aniq va mos ravishda yetkazishi lozimligi ta'kidlanadi. Tarjima jarayonida ijodiy yondashuv va moslashuvchanlik kabi qobiliyatlar muhim o'rin tutadi. Maqola tarjimonning yuksak mas'uliyat bilan ishlashi, axloqiy me'yorlarga rioya qilishi hamda madaniyatlar o'rtasida muvaffaqiyatli ko'prik qurishga xizmat qilishi lozimligini yoritadi.


17.01.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA ODIL SUDLOV VA XALQARO SUDNING MINTAQADAGI O‘RNINI OSHIRISH UCHUN QILINISHI KERAK BO‘LGAN CHORA-TADBIRLAR

Mazkur maqolada O‘zbekistonda odil sudlov va xalqaro sudning mintaqadagi o‘rnini oshirish uchun qilinishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan.


17.01.2025 Volume Issue View more Download
ISAJON SULTONNING “MA’SUMA” ROMANIDA TARIXIY SHAXSLARNING BADIIY TALQINI

Mazkur maqolada Isajon Sultonning “Ma’suma” romani uning baddiy xususiyatlari bayon etilgan holda asarda tarixiy shaxslarning badiiy talqinlari tahlilga tortilgan. Asarda ifodalangan jadid namoyondalari ularning hayot yo‘li va taqdirlariga oid holatlar badiiy ifodalar asosida ochib berilgan. Maqola ham aynan ushbu xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.


16.01.2025 Volume Issue View more Download
O’ZBEKISTON HUDUDLARIDA ICHKI TURIZMNI SHAKLLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada O’zbekistonda ichki turizmni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Mamlakatning boy tarixiy merosi, geografik xilma-xilligi va milliy qadriyatlari ichki turizmni rivojlantirish uchun ko’pgina imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, maqolada xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, marketing strategiyalarini oshirish hamda ularni takomillashtirish bo’yicha takliflar berilgan.


16.01.2025 Volume Issue View more Download
TARIX FANINI O‘RGANISHNING JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI VA UNING AHAMIYATI

Maqola tarix fanining jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini har tomonlama tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tarixiy bilimlarning milliy o‘zlikni shakllantirish, madaniy merosni saqlash va ijtimoiy birdamlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tarix fanining iqtisodiy va siyosiy rivojlanishga, xalqaro munosabatlarning shakllanishiga qo‘shgan hissasi misollar asosida asoslab berilgan. Tadqiqotda tarix fanining ta’lim tizimidagi roli va uni majburiy fan sifatida o‘qitish zaruriyati muhokama qilingan. Maqolada tarixiy saboqlardan kelajakni rejalashtirishda foydalanishning dolzarbligi ko‘rsatib berilgan. Ushbu mavzuni o‘rganishda turli xil metodologik yondashuvlar qo‘llanilgan bo‘lib, ular tarix fanining turli sohalardagi ahamiyatini ochib berishga yordam berdi.


16.01.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor