Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida islomiy moliyaviy vositalarni joriy etishning institutsional asoslari hamda ularning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Global miqyosda islomiy moliya sektorining barqaror o‘sishi, xususan sukuk bozori hajmining kengayishi muqobil moliyalashtirish mexanizmlariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Tadqiqotda islomiy moliyaning asosiy instrumentlari — sukuk, murabaha, ijara va musharaka — nazariy jihatdan yoritilib, O‘zbekiston moliya tizimida ularni joriy etish imkoniyatlari statistik ma’lumotlar asosida baholandi. Shuningdek, normativ-huquqiy muhit, institutsional infratuzilma va kapital bozorining hozirgi holati tahlil qilinib, islomiy moliyaviy vositalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi va istiqbollari asoslab berildi.
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim tizimiga kirib kelishi, uning o‘quv jarayonini takomillashtirishdagi o‘rni hamda kelajakdagi istiqbollari tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi ta’lim platformalari, adaptiv o‘qitish tizimlari va raqamli ta’lim muhitining afzalliklari yoritilgan.
Ushbu maqolada zamonaviy travmatologiya va ortopediyada sun’iy intellekt (SI) hamda mashinali o‘qitish (Machine Learning) texnologiyalarini diagnostika jarayoniga tatbiq etish masalalari yoritilgan. Rentgenografiya, kompyuter tomografiyasi (KT) va magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) tasvirlarini tahlil qilishda SI algoritmlarining o‘rni, suyak sinishlarini aniqlash tezligi va aniqligi sub’ektiv xatoliklarni kamaytirish nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Shuningdek, travmatologiyada SI tizimlarining klinisyenlar faoliyatidagi samaradorligi, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilingan.
Ushbu maqolada musiqa madaniyati fanining o‘quvchilar milliy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishdagi vazifalari tahlil qilinadi. Milliy musiqa merosi, xalq qo‘shiqlari, milliy cholg‘u sozlari va maqom san'atining ta'lim jarayoniga integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va musiqa pedagogikasi sohasidagi ilmiy asoslar tahlili orqali musiqa darslarida milliy tafakkurni oshirishning samarali yo‘llari tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, musiqa madaniyati fanini to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik hissi va madaniy identitetni mustahkamlashga bevosita xizmat qiladi.