Koʻchmas mulk bozori iqtisodiyot tizimining muhim qismlaridan biri boʻlib, aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni rivojlantirish va investitsiya jalb etishda asosiy oʻrin tutadi. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar koʻchmas mulk bozorida faollikni oshishiga xizmat qiladi. Aholining urbanizatsiyalashuvi, yangi turar-joy massivlarning qurilishi, zamonaviy infratuzilmaning rivojlanishi bu sohaning dolzarbligini yanada kuchaytiradi. Ushbu maqolada aynan shu muammolar tahlil qilinadi hamda zamonaviy innovatsion yechimlar taklif qilinadi.
Maqolada aholi hayotining sifatini yaxshilash omili sifatida qishloq joylarida zamonaviy uy-joy qurilishining dastlabki bosqichi yoritilgan. Qishloq joylarida tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofiq, uy-joy massivlarini qurish ishlari namunaviy loyihalar asosida, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’ektlari bilan birgalikda barpo etilganligiga to’xtalgan.
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorining shakllanish jarayoni, rivojlanish tendensiyalari ham mavjud va bu muammolar chuqur tahlil qilingan. Ko‘chmas mulk bozori mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u turar joy, tijorat va sanoat mulklarini sotish, ijaraga berish, investitsiya kiritish hamda boshqarish faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston sharoitida ushbu bozorning iqtisodiy ahamiyati, davlat siyosatining roli, mavjud qonunchilik bazasi hamda xorijiy tajribalar o‘rganilgan. Shuningdek, ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirishda uchrayotgan asosiy muammolar — moliyalashtirishning cheklanganligi, raqamli infratuzilmaning yetarli emasligi, qonunchilikdagi noaniqliklar va investitsiya muammolari alohida tahlil qilinadi. Ushbu muammolarga qarshi samarali yechim sifatida raqamli platformalarni joriy etish, elektron monitoring tizimini yaratish, ipoteka kreditlash mexanizmlarini soddalashtirish va xorijiy investorlar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirish taklif etilgan.