ZAMBURUG'LI KASALLIKLARNING O'ZIGA XOSLIGI

Ushbu maqolada zamburug‘li kasalliklarning o‘ziga xosliklari batafsil ko‘rib chiqiladi. Zamburug‘li infektsiyalar, odam organizmi yoki tashqi muhitda mavjud bo‘lgan zamburug‘lar tomonidan keltirib chiqariladi va ko‘pincha teri, shilliq qavatlar, nafas olish tizimi hamda boshqa organlarni ta’sir qiladi. Kasalliklar sekin rivojlanishi va uzoq vaqt davomida simptomlar ko‘rinmasligi bilan ajralib turadi. Ularning o‘ziga xosligi, immunitet tizimi zaif bo‘lgan odamlarda ko‘proq uchrashi, turli xil zamburug‘lar (masalan, dermatofitlar, kandida, aspergillus) tomonidan yuzaga kelishi va davolash usullarining zamburug‘ning turiga qarab farqlanishidadir. Maqolada zamburug‘li kasalliklarning diagnostikasi, tarqalish o‘zgarishlari va davolash usullari haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. Zamburug‘li infektsiyalarning samarali davolashida antifungal preparatlar va kasallikning turiga qarab individual yondashuv muhim ahamiyatga ega.


08.02.2025 Volume Issue View more Download
IMMUNTANQISLIKLARDA OPPORTUNISTIK INFEKSIYALAR BOSHQARILISHINING MOLEKULYAR MEXANIZMI

Ushbu maqolada immun tanqislik holatlarida opportunistik infeksiyalarning rivojlanishi va ularning boshqarilishining molekulyar mexanizmlari o'rganilgan. Immun tizimning zaiflashuvi natijasida yuzaga keladigan opportunistik infeksiyalarning patogenezi, ularning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar va ushbu infeksiyalarni nazorat qilishning zamonaviy usullari tahlil qilingan.


08.02.2025 Volume Issue View more Download
IJTIMOIY TARMOQLARNING JAMIYATGA TA'SIRI

Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatga ta’siri mavzusiga bag‘ishlangan. Tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatdagi munosabatlarga, xulq-atvorga va madaniy qadriyatlarga ta’sirini sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qiladi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborot almashinuvi, individlarning o‘zaro munosabatlari va ijtimoiy birlashuvlar masalalari o‘rganiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning turli ijtimoiy qatlamlar, stratifikatsiya va integratsiya jarayonlariga ta’siri ko‘rib chiqilib, bu boradagi yangi tendentsiyalar va muammolar yoritiladi.


08.02.2025 Volume Issue View more Download
O.YOQUBOVNING “YAXSHILIK” HIKOYASIDA QO`LLANGAN FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING LISONIY TAHLILI.

Ushbu maqolada buyuk ijodkor Odil Yoqubov hikoyalarida qo`llanilgan frazeologik birliklarning qo`llanish uslubi va ularning hikoyadagi vazifalari korib chiqilgan. Jumladan, hozirgi o`zbek adabiyoti hikoyalari va bugungi kun tilshunosligida iboralarning qo`llanishi atroflicha tahlil qilindi.


08.02.2025 Volume Issue View more Download
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TA'LIMIY O'YINLARNING AHAMIYATI

Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning kelajakdagi ta’lim jarayoniga tayyorgarligida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta’limiy o‘yinlar so‘z boyligini oshirish, grammatik tuzilmani shakllantirish va ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali usul hisoblanadi. Piaget va Vygotskiy nazariyalariga ko‘ra, o‘yinlar bolalarning kognitiv va kommunikativ rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida "Jumboqli ertak", "Sirli xarita" kabi ta’limiy o‘yinlardan foydalanish natijasida bolalarning nutqiy kompetensiyasi oshib, ta’lim jarayoniga tayyorgarligi kuchaymoqda.


07.02.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor