This article studies the effectiveness of new technologies in endoscopic surgery based on statistical data and case analysis. Modern minimally invasive methods are compared with traditional surgery and their advantages are analyzed, including postoperative recovery time, reduced number of complications, and overall treatment effectiveness. During the study, the results of operations planned using innovative technologies used in recent years - robotic surgery, high-resolution visualization, and artificial intelligence - are statistically analyzed. The results of the work serve to reveal the current directions and prospects for the development of endoscopic surgery.
Kichik biznes subyektlari iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Biroq kichik biznesni rivojlantirish jarayonida moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatining cheklanganligi muhim muammolardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarini moliyalashtirishning innovatsion usullari, jumladan fintex texnologiyalari, kraudfanding, venchur kapital, P2P kreditlash hamda blokcheyn asosidagi moliyaviy mexanizmlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu moliyalashtirish usullarining samaradorligi va ularning kichik biznes rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi.
Mazkur ilmiy maqolada akademik litsey fizika kursining muhim tarkibiy qismi hisoblangan dinamika bo‘limida Nyuton qonunlarini o‘qitishning zamonaviy metodik yondashuvlari, didaktik asoslari hamda o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida fizika ta’limining kompetensiyaviy modeli, konstruktivistik pedagogika tamoyillari hamda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida Nyuton qonunlarini o‘qitish jarayonini takomillashtirish yo‘llari ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, Nyuton qonunlarini o‘rganishda real hayotiy vaziyatlarga asoslangan muammoli masalalar, modellashtirish metodlari, eksperimental yondashuvlar hamda simulyatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarda sabab-oqibat bog‘lanishlarini anglash, analitik fikrlash va ilmiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy metodik yondashuvlar asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni o‘quvchilarning dinamika qonuniyatlarini chuqurroq anglashiga hamda fizik bilimlarni real jarayonlarni tahlil qilishda qo‘llash kompetensiyasining shakllanishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.
Maqolada O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda korporativ logistik tizimlarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Iqtisodiy va geografik sharoitlar, transport infratuzilmasi, xalqaro standartlar va normativ-huquqiy baza asosida samarali logistika zanjirini tashkil etishning imkoniyatlari va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. Maqolada meva-sabzavot eksportida korporativ logistikadan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, xalqaro tajribalar va O‘zbekistonning ustunliklari, xatarlari va strategiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida innovatsion korporativ logistika platformalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Ushbu maqolada korporativ nizolarda advokatning o’rni va vazifalari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Korporativ nizolar zamonaviy biznes faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki korporatsiya ichida aksiyadorlar, direktorlar, investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida murakkab munosabatlar mavjud. Advokatlar ushbu nizolarni boshqarish, oldini olish va hal etishda muhim rol o‘ynaydi.