YASHIL IQTISODIYOTGA O’TISHDA BARQAROR IQTISODIYOT O’SISHINI TA’MINLASH YO’NALISHLARI

Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga o’zbek olimlarining yondashuvlari, yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish jihatlari bilan bog’liq jihatlari yoritib o’tilgan.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA YASHIL IQTISODIYOTGA O‘TISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI

Ushbu maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tishning dolzarb masalalari, istiqbollari va muammolari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyot kontseptsiyasining nazariy mohiyati, uning barqaror rivojlanish, ekologik barqarorlik va iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, mamlakatda energiya samaradorligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari, suv resurslarini boshqarish va ekologik innovatsiyalarni joriy etish yo‘nalishidagi amaliy chora-tadbirlar va muammolar ko‘rib chiqiladi. Maqolada yashil iqtisodiyotga o‘tishning imkoniyatlari va rivojlanish strategiyalari ilmiy asosda tahlil etiladi.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
“YASHIL IQTISODIYOT”NI RIVOJLANTIRISHDA DARYO SUVLARIDAN MAQSADLI FOYDALANISHNI IZCHIL AMALGA OSHIRISH

Ushbu maqolada Amudaryo oʻrta oqimidagi toʻgʻonsiz suv olish inshshoti quyi soxasida kechayotgan deformasion jarayonlarini tahlil qilish uchun dala tadqiqot ishlari natijalari keltirilgan. Olib borilgan tadqiqot ishlarida daryo oqimining morfometrik koʻrsatkichlari aniqlangan. Shuningdek toʻgʻonsiz suv olish sohasidagi deformasion jarayonlarining oldini olish uchun oqiziqlar jarayonlari oʻrganilib, daryoning gidrodinamikasi tahlil qilingan.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA SANOAT CHIQINDILARIDAN SAMARALI FOYDALANGAN XOLDA BAZALT SHLAKI ASOSIDAGI KAM SUV TALABCHAN SEMENTLARNING RASIONAL TARKIBINI TADQIQ QILISH

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida sanoat chiqindilaridan, xususan, metallurgiya ishlab chiqarishida hosil bo‘ladigan bazalt shlakidan samarali foydalanish yo‘llari o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — bazalt shlaki asosida kam suv talabchan sementlarning ratsional tarkibini aniqlash, ularning fizik-mexanik xususiyatlarini tahlil qilish hamda ekologik samaradorligini baholashdan iborat.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
“QURILISH SOHASINING BARQAROR RIVOJLANISH STRATEGIYASI: “YASHIL IQTISODIYOT” TASHABBUSLARI ORQALI ATROF-MUHITGA TA'SIRNI KAMAYTIRISH”

Qurilish sohasining o‘sishi, O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Biroq, uning tez sur'atlar bilan o‘sishi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu tadqiqot qurilish sohasining barqaror rivojlanish strategiyalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ayniqsa "yashil iqtisodiyot" tashabbuslari orqali qurilish faoliyatining ekologik ta’sirini kamaytirish imkoniyatlariga diqqat qaratadi. Tadqiqot, xalqaro tajribalarni va mahalliy imkoniyatlarni tahlil qilib, qurilish sohasida atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun samarali yechimlarni aniqlashni maqsad qilgan. Innovatsion texnologiyalar, tartibga solish tizimlari va eng yaxshi amaliyotlarni tadbiq etish orqali, O‘zbekiston qurilish sohasini ekologik jihatdan mas'uliyatli va barqaror qilish yo‘llarini izlaydi. Bu sa’y-harakatlar O‘zbekistonni iqtisodiy o‘sish va ekologik muhofazani birlashtirgan holda global barqarorlik maqsadlariga erishishga yordam beradi.


11.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor