Ushbu maqolada Alfa avlodining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy psixologik, ijtimoiy va texnologik omillar tahlil qilinadi. Alfa avlodi — 2010-yillarning boshidan keyin tug‘ilgan bolalar bo‘lib, ular raqamli texnologiyalar bilan ichki bog‘liqlikni rivojlantirganlar. Maqolada ularning diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklari, o‘z-o‘zini boshqarishdagi muammolar va ijtimoiy aloqalardagi zaifliklar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu muammolarni bartaraf etish uchun psixologik yordam, ota-onalar va pedagoglarning roli, shuningdek, raqamli texnologiyalarni maqsadli va sog‘lom foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.
Ushbu maqolada jismoniy cheklovlari bo‘lgan shaxslar uchun psixologik yordam va ijtimoiy himoya tizimini yanada yaxshilash masalalari tahlil qilinadi. O‘zbekiston sharoitida nogironligi bo‘lgan shaxslarning psixologik va ijtimoiy muammolarini, mavjud tizimning samaradorligini va uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rib chiqadi. Maqola statistik ma’lumotlar, ilmiy tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar asosida yozilgan bo‘lib, psixologlar, ijtimoiy xodimlar va davlat organlari uchun foydali qo‘llanma bo‘lishi mumkin.
Diabetik nefropatiya (DN) —Qandli diabet kasalligiga xos bo‘lgan og‘ir asoratlardan biri bo‘lib, so’ngi bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi (SBBY)ning asosiy sababidir. Garchi mikro- va makroalbuminuriya DNni aniqlashda "oltin standart" bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, buyrak shikastlanishi siydikdagi albumin miqdori ortishidan ancha oldin boshlanadi. An’anaviy ravishda DNning oldini olish bo‘yicha klinik tavsiyalar qonda glyukoza miqdori, qon bosimi va lipid darajasini nazorat qilishga qaratilgan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY)dagi dislipidemiya, asosan, triglitseridlarning ko‘payishi, yuqori zichlikdagi lipoprotein (YZLP) kamayishi va past zichlikdagi lipoprotein (PZLP) o‘zgaruvchan darajalari bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) almashinuvi buzilgan bo‘ladi. SBY rivojlanishi va uning davosi lipid almashinuviga ham ta’sir ko‘rsatadi va dislipidemiya holatini yanada og‘irlashtiradi. Ushbu patofiziologik mexanizmlarni chuqur tushunish — DN va SBYga chalingan bemorlar uchun lipidlar miqdorini optimal boshqarish va natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni, xususan harbiy sohada tahsil olayotgan kursantlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom, Vatanga sadoqatli va fidoyi insonlar etib tarbiyalash dolzarb masalaga aylangan. Shu nuqtai nazardan sport turlari orqali kursantlarda Vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va mustahkamlash muhim omil hisoblanadi. Sportning vatan tuyg'usini rivojlantirishdagi o‘rni beqiyosdir.
Maqalada Qaraqalpaq xalıq dóretpeleri xalıqtıń tariyxı, social jaǵdayı, tariyxın kórsetiwi, xalıq arasında saqlanıp qalǵan bul muzıkalıq miyras xalıq ushın milliy mádeniy miyras, kózi ázzi oqıwshılar ushın ruwxıy tarbiyalıq ahmiyetke iye ekenligi haqqında bayan etiledi.