O'ZBEKISTONDA KO'CHMAS MULK BOZORINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA INNOVASION YECHIMLAR

Koʻchmas mulk bozori iqtisodiyot tizimining muhim qismlaridan biri boʻlib, aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni rivojlantirish va investitsiya jalb etishda asosiy oʻrin tutadi. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar koʻchmas mulk bozorida faollikni oshishiga xizmat qiladi. Aholining urbanizatsiyalashuvi, yangi turar-joy massivlarning qurilishi, zamonaviy infratuzilmaning rivojlanishi bu sohaning dolzarbligini yanada kuchaytiradi. Ushbu maqolada aynan shu muammolar tahlil qilinadi hamda zamonaviy innovatsion yechimlar taklif qilinadi.


13.12.2025 Volume Issue View more Download
KO‘CHMAS MULKNI BAHOLASH SOHASIDA XALQARO TAJRIBANI TADBIQ ETISH MUAMMOLARI

Mazkur maqolada ko‘chmas mulkni baholash tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribani o‘rganish, uni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etishning muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. Maqolada baholash sohasining xalqaro standartlari (IVS, EVS), ularning asosiy tamoyillari, milliy qonunchilik va amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan.


13.12.2025 Volume Issue View more Download
ZAMONAVIY BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA BAHOLASH XIZMATLARINING SIFATINI OSHIRISH MASALALARI

Ushbu maqolada zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida baholash xizmatlari sifatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari, omillari va mexanizmlari tahlil qilinadi. Baholash xizmatlarining iqtisodiy tizimdagi roli, sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi mezonlar hamda xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari baholash jarayonlarida samaradorlikni oshirish, mijozlar ehtiyojlarini qondirish va raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishga qaratilgan.


13.12.2025 Volume Issue View more Download
AHOLI HAYOTINING SIFATINI YAXSHILASH OMILI SIFATIDA QISHLOQ JOYLARIDA ZAMONAVIY UY-JOY QURILISHINING DASTLABKI BOSQICHI

Maqolada aholi hayotining sifatini yaxshilash omili sifatida qishloq joylarida zamonaviy uy-joy qurilishining dastlabki bosqichi yoritilgan. Qishloq joylarida tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofiq, uy-joy massivlarini qurish ishlari namunaviy loyihalar asosida, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’ektlari bilan birgalikda barpo etilganligiga to’xtalgan.


13.12.2025 Volume Issue View more Download
TURAR-JOY BINOLARINI QAYTA QURISH VA O'ZGARTIRISHNING ZAMONAVIY YO'NALISHLARI

Turar-joy binolarini rekonstruksiya qilish, shahar sharoitlari, shaharlarning kattalashishi, zichlikning o'sishi, rekonstruksiyani tashkil etishning murakkablashishi. Shahar xususiyatlarini hisobga olgan holda an'anaviy rekonstruksiya usullarini o'zgartirish taklif etiladi.


13.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor