Ushbu maqolada kimyoviy muvozanat tushunchasi, uning nazariy asoslari, mexanizmlari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Kimyoviy muvozanat – bu qaytar va qaytmas reaktsiyalar tezliklari teng bo‘lganda tizimda kuzatiladigan barqaror holatdir. Maqolada muvozanatning termodinamik, kinetik va fazaviy jihatlari, Le Shatelye printsipi va muvozanat konstantasi tushunchalari yoritilgan. Shuningdek, kimyoviy muvozanatning laboratoriya, sanoat va biokimyoviy tizimlarda qo‘llanilishi, sharoitlarning muvozanatga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari kimyo fanini o‘rganayotgan talaba va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim manba hisoblanadi.
Ushbu maqolada akademik eshkak eshish sportida zamonaviy qo‘shimcha qurilmalar va sport gadjetlaridan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Mashg‘ulot va musobaqa jarayonida qo‘llaniladigan elektron kuzatuv vositalari, yurak urish chastotasi monitorlari, GPS tizimlari, kuch va tezlik sensorlari sportchilarning texnik, jismoniy hamda funksional tayyorgarligini oshirishdagi o‘rni yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari sport gadjetlari mashg‘ulotlarni individuallashtirish, yuklamani optimallashtirish va sport natijalarini yaxshilashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada yoshlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik sabablari, kelib chiqish omillari va yakuni to‘g‘risidagi huquqiy asoslari va psixologik kelib chiqish sabablari ham ochiqlangan. Maqolaning asosiy maqsadi — yoshlarning jinoyatga moyilligiga sabab bo‘luvchi psixologik omillarni aniqlash, ularni tizimli tahlil qilish va ularning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilida ingliz tilidan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlar masalasi lingvistik hamda ijtimoiy omillar nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Xususan, inglizcha leksik birliklarning o‘zbek tiliga kirib kelish sabablari, o‘zlashish mexanizmlari, fonetik-morfologik moslashuv jarayoni, uslubiy qo‘llanishi, shuningdek, tematik guruhlar bo‘yicha tasnifi yoritiladi. Tadqiqot davomida inglizcha o‘zlashmalar zamonaviy texnologiyalar, bozor iqtisodiyoti, internet-kommunikatsiya, ta’lim tizimi va ommaviy madaniyat kabi sohalarda eng faol qatlamni tashkil etishi ko‘rsatib berildi. Shuningdek, til me’yorlari, terminologik tizim va o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari bilan uyg‘unlashuv masalalari ilmiy jihatdan baholandi.
Ushbu maqolada MS Word dasturi yordamida rasmiy hujjatlarni tayyorlashning zamonaviy texnikalari va standartlari tahlil qilinadi. Maqolada hujjatlarning formatlash qoidalari, sarlavhalar va bo‘limlardan foydalanish, ro‘yxatlar, jadvallar va diagrammalarni joylashtirish hamda matnning rasmiy ko‘rinishini saqlash usullari yoritiladi. Shuningdek, maqolada talabalar va yangi ish boshlovchilar uchun amaliy tavsiyalar berilib, hujjatlarni samarali va tizimli tayyorlash bo‘yicha metodik qo‘llanma taqdim etiladi.