Ushbu maqolada tijorat banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi va tahlil jarayonini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Asosiy vositalar bank infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismi sifatida ularning samarali boshqaruvi bankning moliyaviy barqarorligi va xizmatlar sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Tadqiqot davomida hisob va tahlilning hozirgi holati o‘rganilib, mavjud muammolar tahlil qilingan va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga mos ravishda hisob yuritish, amortizatsiya siyosatini zamonaviylashtirish, analitik dasturlar asosida tahlilni avtomatlashtirish zarurligi asoslab berilgan. Maqola natijalari banklar uchun asosiy vositalarni boshqarishda strategik yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotimizda biz nazorat va tajribaviy gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan oq laborator kalamushlarni o‘rgandik. Postnatal ontogenezning turli davrlarida me’da osti bezining morfologik tahlillari natijasida, nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, rivojlanish kechikishi va tomir devorining individual tarkibiy qismlarining shakllanishida sezilarli o‘zgarishlar aniqlangan. Tajriba boshlangandan keyingi birinchi kunlardan boshlab barcha tajriba hayvonlarida arteriya devoridagi o‘zgarishlar qayd etildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlarda me’da osti bezi hujayralari va ularning qon tomirlarida morfologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Bul maqalada zamanagóy jámiyette jaslardıń ilimiy dúnyaqarasın qáliplestiriw procesinde intelligenciyanıń tutqan ornı talqılanadı. Intelligenciya wákilleriniń jaslar sana-sezimine kórsetetuģın ilimiy, mádeniy hám ádep-ikramlılıq tásiri jaqtılandırıladı. Sonday-aq, zamanagóy innovaciyalıq pikirlew hám jámiyetlik juwapkershiliktiń qáliplesiwinde ziyalılar qatlamınıń strategiyalıq áhmiyeti tiykarlanıp beriledi.
Ushbu maqolada banklarda elektron pullar bilan bog‘liq buxgalteriya hisobini yuritish va ularni audit qilish tizimining zamonaviy talablar asosida takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi sharoitida elektron pullar bank amaliyotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu bois ularni hisobga olishda xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMS) muvofiq yondashuvlar zarur bo‘lib bormoqda. Maqolada O‘zbekiston banklarida elektron pul operatsiyalarining buxgalteriya yozuvlari, ichki nazorat tizimi va tashqi audit jarayonlari chuqur o‘rganilgan hamda mavjud muammolar va yechim yo‘llari aniq ko‘rsatib berilgan. Xususan, elektron pul operatsiyalarining avtomatlashtirilgan nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, raqamli audit vositalarini joriy etish va buxgalteriya hisobotini real vaqt rejimida yuritish kabi takliflar ilgari surilgan. Xalqaro amaliyotlar asosida solishtirma tahlillar o‘tkazilib, O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan konseptual tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Bizni kemiruvchi illatlar” asaridagi tanqidiy ruh, islohotparvarlik g‘oyalari hamda ma’rifat targ‘iboti badiiy va ijtimoiy tahlil asosida yoritiladi. Muallif tomonidan ilgari surilgan illatlar – jaholat, e’tiqodsizlik, tarbiya va ta’limdagi zaiflik, xalqning ijti theoiy sustligi chuqur tahlil qilinib, ular bugungi kun bilan qiyosiy asosda tahlil etiladi. Behbudiyning tanqidi o‘tkir, xalqning ruhiy uyg‘onishiga xizmat qiluvchi vosita sifatida ko‘rsatiladi. Asardagi badiiy ifoda, stilistik vositalar va publitsistik ohang maqolada tahlil markazida turadi. Maqola adabiy-tarixiy yondashuv asosida yozilgan bo‘lib, jadid adabiy merosini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.