MUSIQA MADANIYATINI INSON HAYOTIDA SHAKLLANISH VA O‘RGANISH BOSQICHLARI

Ushbu maqolada siz, musiqa madaniyati inson hayotida shakllanish jarayonlari va o‘rganish bosqichlari bilan nazariy taraflama tanishasiz. Qadriyatlarimiz asosiga qurilayotgan zamonaviy ta’lim dasturlar uchun musiqa madaniyatining ahamiyati to‘g‘risida fikr va mulohazalar olib boriladi. O‘sib ulg‘ayayotgan yoshlarimizda ta’lim-tarbiya, musiqiy did, estetik qarashlar, ruhiy barkamollikni to‘g‘ri tarbiyalash va rivojlantirish, bundan unumli foydalanish to‘g‘risidagi fikrlarim bilan tanishasiz. Musiqiy muhitning inson ruhiyati, tafakkur olamidagi o‘rni xaqida turli fikrlarni birgalikda taxlil qilamiz. Mehnat faoliyatim davomida yuzaga kelgan fikr, mulohazalarim, musiqiy madaniyatning turli tadqiqot na’munalari bilan bo‘lishib o‘taman.


17.09.2025 Volume Issue View more Download
MAKTAB TA’LIMIDA SHASHMAQOM: ESTETIK DID VA RUHIY TARBIYA OMILI

Mazkur maqolada Shashmaqom san’atining ma’naviy, estetik va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Unda globallashuv sharoitida yoshlarning milliy san’atdan uzoqlashuvi muammosi yoritilib, Shashmaqomni maktab ta’limiga olib kirish zarurati asoslab beriladi. Shashmaqomning musiqiy va falsafiy mazmuni, uning o‘zbek va tojik xalqlarining ruhiy olami, estetik tafakkuri va milliy qadriyatlari bilan bog‘liqligi ochib berilgan. Maqolada Shashmaqomdagi mavzularning ifodasi, musiqiy g‘oyaning rivojlanish bosqichlari hamda o‘quvchilarni qiziqtirish va musiqaga muhabbat uyg‘otish metodlari bayon qilingan.


17.09.2025 Volume Issue View more Download
DONO ZIYAYEVANING TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGI SHAHARLARI TARIXI

Tarixchi olima Dono Ziyaeva oʻz tadqiqotlarida Buxoro shahri toʻgʻrisida qiziqarli ma'lumotlarni keltirib, Buxoro shahri madaniyati, tarixiy obidalari, karvonsaroylari, savdo munosobatlari va boshqa ma'lumotlarni arxiv hujjatlar va manbalar asosida izohlab beradi.


17.09.2025 Volume Issue View more Download
TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI DEPOZIT XIZMATLARI VA ULARNING HISOBI

Mazkur maqolada tijorat banklarida raqamli depozit xizmatlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning amaliy ahamiyati keng qamrovda tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya jarayonida omonat operatsiyalarining elektron platformalarga o‘tkazilishi bank faoliyatida samaradorlikni oshirishi, mijozlar uchun vaqt va mablag‘ tejalishini ta’minlashi, shuningdek, moliyaviy shaffoflik va hisob-kitoblarning aniqligini kuchaytirishi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, raqamli depozitlar bo‘yicha hisob yuritish mexanizmlari, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS 9) asosida foizlarni hisoblash, risklarni baholash hamda kiberxavfsizlik choralarini qo‘llash masalalari yoritilgan. Xalqaro tajriba, xususan AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida raqamli depozit xizmatlarining qo‘llanilish darajasi, O‘zbekiston amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilinib, so‘nggi yillarda milliy bank tizimida ushbu xizmatlarning jadal o‘sishi raqamlar va statistik ko‘rsatkichlar orqali asoslab berilgan. Shu bilan birga, raqamli depozit xizmatlarining kengayishi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar – infratuzilma yetishmovchiligi, kiberxavfsizlik xatarlarining ortishi va moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi kabi omillar ham batafsil ko‘rib chiqilgan.


17.09.2025 Volume Issue View more Download
RUMIY SHE’RIYATIDA ILOHIY ISHQNING BADIIY IFODASI

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy she’riyatida ilohiy ishqning tasavvufiy va falsafiy mohiyati hamda uning badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Rumiyning ishq haqidagi qarashlari orqali inson qalbining poklanishi, ruhiy komillikka erishishi va Yaratuvchiga bo‘lgan muhabbatning san’at darajasida yuksak tasviri ochib beriladi. Xususan, “Masnaviy” va boshqa she’riy namunalardagi ramziy obrazlar, majoz va timsollar asosida ilohiy ishqning manbalari va uning inson ma’naviy hayotidagi o‘rni ilmiy jihatdan sharhlanadi. Maqola Rumiy merosining badiiy-estetik qimmati hamda tasavvuf adabiyotidagi o‘rni haqida yangi ilmiy xulosalar beradi.


15.09.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor