BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLARNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI

Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlar (non-performing loans – NPL) hajmini kamaytirish masalalari nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda muammoli kreditlarning bank tizimi barqarorligiga, likvidlik darajasiga va kapital yetarliligiga ta’siri chuqur tahlil qilinib, ularni kamaytirishning zamonaviy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. Maqolada O‘zbekiston tijorat banklari misolida 2020–2024-yillar uchun statistik tahlillar keltirilib, kredit riskini boshqarish, qayta restrukturizatsiya, garov siyosatini takomillashtirish hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali muammoli kreditlar ulushini kamaytirish yo‘llari asoslab berilgan. Shuningdek, Basel III standartlari, xalqaro amaliyotlar va Markaziy bank siyosatining o‘rni tahlil etilgan. Natijada, O‘zbekiston bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va kredit portfelining sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
KRIPTOBIRJALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada kriptobirjalar faoliyatini tashkil etishning iqtisodiy, texnologik va tashkiliy jihatlari tahlil qilingan. Kriptoaktivlar bozori global moliya tizimining muhim tarkibiy qismiga aylangan bir paytda, O‘zbekiston uchun ushbu sohani rivojlantirish istiqbollari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda kriptobirjalarning shakllanish bosqichlari, ularning blokcheyn texnologiyasi asosidagi ishlash mexanizmlari hamda xalqaro tajriba misolida tartibga solish amaliyoti yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda kriptoaktivlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha mavjud huquqiy baza, amaldagi infratuzilma va investitsion muhitning holati o‘rganilib, ularni takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish va milliy kriptobirja tizimini shakllantirish uchun amaliy ahamiyatga ega.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
YANGI O‘ZBEKISTON KUTUBXONALARINING MUVAFFAQIYATLARI VA MUAMMOLARI

Ushbu maqola zamon bilan hamnafas harakat qilayotgan O‘zbekistonning kutubxonalari xususida. Zamonaviy, jahon standartlariga mos kutubxona qanday bo‘lishi, kutubxonaning tashqi va ichki ko‘rinishlarini yaratishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida gap boradi. Qolaversa, jahondagi ko‘plab kutubxonalani birlashtirib turgan IFLA tashkiloti faoliyati va uning bizning sohamiz uchun foydali jihatlari dolzarbdir.


27.10.2025 Volume Issue View more Download
FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH TARTIB-TAOMILLARINI TAKOMILLASHTIRISH: TIZIMLI MUAMMOLAR VA HUQUQIY YECHIMLAR

Maqolada fuqarolikni rasmiylashtirish tartib-taomillarida uchraydigan tizimli muammolar normativ-huquqiy yondashuv asosida tahlil qilinadi


26.10.2025 Volume Issue View more Download
JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNING QO‘LLANISH YO‘NALISHLARI: SOHAVIY TAHLIL VA INSTITUTSIONAL YECHIMLAR

Maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari sohaviy kesimda tahlil qilinadi


26.10.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor