ZAMONAVIY VOLEYBOLGA XOS HIMOYA HARAKATLARINI MODELLASHTIRILGAN TARTIBDA SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada zamonaviy voleybolga xos himoya harakatlarini modellashtirilgan tartibda shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda voleybolchilarni tayyorlash jarayonida himoya texnikasi va taktikasini samarali o‘rgatish uchun modellashtirish usullaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Xususan, o‘yin vaziyatlarini sun’iy ravishda yaratish, blok qo‘yish, qabul qilish, sug‘urib olish va joylashuv harakatlarini tizimli mashqlar orqali rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, modellashtirilgan mashg‘ulotlar sportchilarning tezkor qaror qabul qilish, koordinatsiya, reaksion tezlik hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari modellashtirish asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar himoya samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.


10.04.2026 Volume Issue View more Download
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DINIY EKSTREMIZMGA QARSHI TAJRIBASI

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining diniy ekstremizmga qarshi kurashish borasidagi tajribasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada diniy ekstremizm tushunchasi jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi omil sifatida talqin etilib, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yoritiladi. Shuningdek, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, aholi, ayniqsa yoshlar ongida sog‘lom diniy dunyoqarashni shakllantirish masalalari ochib beriladi. Maqolada ekstremizmga qarshi kurashishda huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ijtimoiy mexanizmlarning o‘rni tahlil qilinib, mamlakatning bu boradagi o‘ziga xos yondashuvi va xalqaro hamkorlik tajribasi yoritiladi.


10.04.2026 Volume Issue View more Download
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK ASOSLARI VA INNOVATSION YONDASHUVLARI

Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim tizimida dars samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlari asosida ta’lim sifatini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi, innovatsion faoliyati va o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirish masalalari ham yoritilgan.


10.04.2026 Volume Issue View more Download
GANDBOLDA MUSOBAQA DAVRIDA OKMK JAMOASI MARKAZ O‘YINCHILARINING O‘YINNI BOSHQARISH VA HUJUM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Mazkur maqolada musobaqa davrida OKMK gandbol jamoasi markaz o‘yinchilarining o‘yinni boshqarish va hujum samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida markaz o‘yinchilarining texnik-taktik harakatlari, qaror qabul qilish tezligi, uzatma aniqligi va golli hujumlardagi ishtiroki tahlil qilindi. Pedagogik kuzatuv, video-tahlil va statistik usullar asosida musobaqaning birinchi va ikkinchi bo‘limlarida samaradorlik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlandi. Olingan natijalarga asoslanib, musobaqa davriga mos maxsus texnik-taktik mashqlar tizimi ishlab chiqildi va uning samaradorligi tajriba orqali baholandi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan mashqlar tizimi markaz o‘yinchilarining hujumni boshqarish va umumiy o‘yin samaradorligini oshirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.


09.04.2026 Volume Issue View more Download
ZAMONAVIY NASRDA AYOL RUHIYATI VA UNING BADIIY IFODASI Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” hikoyasi misolida

Ushbu maqolada Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” hikoyasi misolida ayol obrazining murakkab va ko‘p qirrali ruhiyati badiiy tasvir orqali ochib beriladi. Muallif ayolning ichki kechinmalari, sabr-toqati, mehr-muhabbati hamda hayot sinovlariga bardoshliligi masalalarini chuqur yoritadi. Asarda ayol nafaqat oila timsoli, balki o‘z orzu-intilishlariga ega, ichki kurashlar bilan yashovchi shaxs sifatida talqin qilinadi. Yozuvchi ayol qalbidagi iztirob va umidlarni ta’sirchan ifodalab, o‘quvchini uni yanada chuqurroq tushunishga undaydi va maqolada ushbu jihatlar tahlilga tortiladi.


09.04.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor