The integration of mobile applications into English language teaching has transformed traditional learning models by providing interactive, accessible, and personalized learning experiences. This paper examines the pedagogical advantages of using mobile applications, evaluates their impact on learner motivation and academic performance, and discusses potential challenges in their implementation. Based on recent studies and practical classroom applications, the analysis demonstrates that mobile-assisted language learning (MALL) promotes learner autonomy, supports multimodal input, and facilitates real-time feedback. However, issues such as digital distraction, unequal access to technology, and the need for teacher training remain critical considerations for maximizing their effectiveness.
Ushbu maqolada tijorat banklarida strategik rejalashtirish jarayonining nazariy asoslari, uning bank faoliyatidagi ahamiyati va samarali boshqaruvdagi o‘rni tahlil qilinadi. Strategik rejalashtirish bosqichlari — tashqi va ichki muhit tahlili, missiya va vizionni aniqlash, strategik maqsadlarni belgilash, resurslarni taqsimlash hamda monitoring mexanizmlari keng yoritiladi. Xalqaro ilg‘or tajribalar, jumladan, Balanced Scorecard, riskga asoslangan rejalashtirish va raqamli transformatsiya yondashuvlari O‘zbekiston tijorat banklari sharoitida qo‘llash imkoniyatlari bilan solishtiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, strategik rejalashtirishni takomillashtirish banklarning raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muhim omil ekanligi isbotlandi.
Ушбу мақолада соғлом турмуш тарзи жамият тараққиётининг асосий омили сифатида ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзи маданиятини тарғиб этиш ва ривожлантириш,соғлом турмуш тарзи тушанчаси юзасидан фикрлар, соғлом турмуш тарзининг асосий йўналишлари: туғри овқатланиш,зарарли одатлар,шахсий гигиена ва ҳакозолар хусисидаги маьлумотлар ўрин олган.
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatida Islom moliyasi xizmatlarini joriy etish va ularni rivojlantirish yo‘llari har tomonlama tahlil qilinadi. Islom moliyasi shariat tamoyillariga asoslangan bo‘lib, foizsiz moliyalashtirish, halol investitsiya va tenglikka asoslangan sheriklik munosabatlarini ilgari suradi. Maqolada ushbu xizmatlarning asosiy turlari – murabaha, mudaraba, musharaka, ijara va sukuk instrumentlari keng o‘rganilib, ularning tijorat banklari faoliyatiga integratsiyalashuvi amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida mamlakatda mavjud normativ-huquqiy baza, infratuzilmaviy imkoniyatlar va moliyaviy savodxonlik darajasi chuqur tahlil qilinib, mavjud muammolar aniqlangan. Shuningdek, O‘zbekistonda Islom moliyasiga oid xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar, tartibga soluvchi mexanizmlar va xalqaro tajribalar asosida ilg‘or takliflar ishlab chiqilgan. Muallif Islom moliyasining iqtisodiy inklyuzivlik, moliyaviy xavfsizlik va halollik tamoyillariga asoslangan holda milliy moliya tizimini diversifikatsiyalashdagi o‘rni va ahamiyatini asoslab beradi.
Har qanday tajribadagi dastlabki ko’rsatkichlarni bilish va o’zaro solishtirish eng yaxshi o’rganilayotgan muhitga moslashgan navlarni ajratib olish uchun zamin yaratadi. Bu maqolada soyaning qisqacha tavsifi, o’sish sharoitlari va aynan Buxoro sharoitida tanlangan soya navlari o’sishidagi dastlabki feneologik ko’rsatkichlar o’rin olgan.