SHUKUR XOLMIRZAYEV ADABIYOTIMIZ FAXRI

Ushbu maqolada, zamonaviy o‘zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Shukur Xolmirzayevning adabiy merosi tahlil qilinadi. Unda yozuvchining asarlaridagi mavzu doirasi, badiiy uslubi hamda ijtimoiy-madaniy ahamiyati yoritilib, nima sababdan u o‘zbek adabiyotining faxri sifatida e’tirof etilishi asoslab beriladi. Shuningdek, uning realistik tasvir, psixologik tahlil va insoniy munosabatlarni ifodalashdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi.


07.04.2026 Volume Issue View more Download
ШОЛИ НАВЛАРИНИНГ МИНЕРАЛ ВА БИОЎҒИТЛАР МЕЪЁРИНИ ҲОСИЛДОРЛИГИГА ТАЪСИРИ

Ихлос,Зийнат шоли навлари тавсия этилган меъёрдаги минерал ўғитлар билан озиқлантириш ҳамда биопрепаратларини қўллаш унинг ҳосилдорлигига таъсир кўрсатиб, уруғга экиш олдидан 10 л/т меъёрда қўллаш ва илмий асослашдан иборат.


07.04.2026 Volume Issue View more Download
URBANIZATSIYA VA INSON QADRI: XXI ASR SOTSIAL INFRASTRUKTURA EKOTIZIMINING TRANSFORMATSIYASI

Ushbu maqolada, urbanizatsiya va inson qadri XXI asr sotsial infrastruktura ekotizimining transformatsiyasi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. XXI asrda urbanizatsiya insoniyat jamiyatining eng muhim o‘zgarishlaridan biri bo‘lib, nafaqat hududiy va iqtisodiy tizimlarni, balki inson qadr-qimmatining asoslarini ham qayta shakllantirmoqda. Tadqiqot urbanizatsiyaning imkoniyatlari va xavf-xatarlarini yoritib, inson markazidagi barqaror shahar rivojlanishi modelini taklif etadi.


07.04.2026 Volume Issue View more Download
KOGNITIV KOMMUNIKATSIYA OQIMI

Ushbu maqolada, kognitiv kommunikatsiya oqimi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Kognitiv kommunikatsiya oqimi - ma’lumotning idrok etilishi, talqin qilinishi, qayta ishlanishi, xotirada saqlanishi va shaxslar yoki tizimlar o‘rtasida uzatilishi orqali kechadigan dinamik jarayondir. U kognitiv fan, tilshunoslik, nevrologiya va kommunikatsiya nazariyasi tamoyillarini integratsiya qilib, ma’noning qanday shakllanishi va uzatilishini tushuntiradi.


07.04.2026 Volume Issue View more Download
MAVJUD TURAR JOY HUDUDLARINI REKONSTRUKSIYA QILISH MASALALARI (TOSHKENT SHAHRI MISOLIDA)

Mazkur maqolada Toshkent shahri misolida mavjud turar joy hududlarini rekonstruksiya qilishning dolzarb masalalari keng yoritilgan. Tadqiqotda shahar hududlarida joylashgan eskirgan uy-joy fondining hozirgi holati, ularning texnik va funksional jihatdan yetishmovchiliklari hamda rekonstruksiya zaruratini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, rekonstruksiya jarayoniga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va texnik omillar ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy shaharsozlik yondashuvlari asosida rekonstruksiya jarayonini tashkil etish, energiya samaradorligini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish hamda yashash muhitini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, rekonstruksiya jarayonida aholining ehtiyojlari va ijtimoiy manfaatlarini hisobga olish muhimligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari asosida mavjud turar joy hududlarini samarali rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy talablarga moslashtirish hamda shahar infratuzilmasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur maqola shaharsozlik sohasida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, mavjud muammolarni hal etishda muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatib beradi.


04.04.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor