AFV VA AMNISTIYA INSTITUTLARINING JINOIY JAVOBGARLIKNI BELGILASHNING HUQUQIY MUAMMOLARI

Kirish. Afv va amnistiya institutlari jinoyat huquqida insonparvarlik tamoyilining muhim ko‘rinishlaridan biri sanaladi. Ushbu institutlar jinoyat sodir etgan shaxslar uchun jazoni yengillashtirish yoki jazoning jazoni o‘tashdan ozod etishni nazarda tutadi. Biroq afv va amnistiyaning qo‘llanish tartibi, ularning huquqiy oqibatlari hamda jinoyat uchun javobgarlik tizimidagi o‘rni bir qator amaliy va nazariy muammolarni keltirib chiqaradi.


18.11.2025 Volume Issue View more Download
BIZNES VA QIMMATLI QOG‘OZLARNI BAHOLASH

Mazkur ilmiy ishda biznes va qimmatli qog‘ozlarni baholashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida kompaniya qiymatini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy yondashuvlar — diskontlangan pul oqimi (DCF), multiplikatorlar usuli va aktivlar asosida baholash metodlari tahlil qilingan.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, texnologiya va sog‘liqni saqlash tarmoqlari yuqori qiymatga ega bo‘lsa, energetika va an’anaviy sanoat tarmoqlarida ushbu ko‘rsatkichlar nisbatan past. Ushbu tadqiqot natijalari biznes subyektlari va investorlar uchun qaror qabul qilish jarayonida amaliy ahamiyat kasb etadi.


18.11.2025 Volume Issue View more Download
HEARTLAND, RIMLAND VA LEBENSRAUM: GEOSIYOSIY NAZARIYALAR ORQALI GLOBAL O‘YINNING XARITASI

Geosiyosiyani o‘rganayotganingizda, ko‘pincha shunday o‘ylaysiz: dunyo xaritasi – bu oddiy qog‘oz emas, balki u orqali ming yillik raqobatlarning izlari yashirin. XX asr boshlarida paydo bo‘lgan Heartland (Halford Makinder), Rimland (Nikolas Spaykman) va Lebensraum (Fridrix Ratsel) nazariyalari aynan shu raqobatni ochib beradi. Bu maqolada har bir nazariyani alohida ko‘rib chiqiladi va uning aniq tarixiy shakllanishini, asosiy ma’nosini va amaliy misollarini batafsil bayon etilib, solishtirib, farq va o‘xshashliklarini tahlil qilinadi. Maqsadimiz nafaqat faktlarni sanab o‘tish, balki bugungi kontekstda (Rossiya-Ukraina urushi, Xitoyning “Bir kamar, bir yo’l” loyihasi) ularning qanday holda ekanini ko‘rsatish hisoblanadi. Bu nazariyalar global gegemoniya o‘yinining qoidalari, lekin ularni o‘qiganda shuni unutmaslik kerakki, geografiya muhim, ammo insoniy qarorlar va texnologiyalar undan ustun chiqishi mumkin.


17.11.2025 Volume Issue View more Download
IMPORT TOVARLARNING SUN'IY PASAYTIRILGAN BOJXONA QIYMATIGA QARSHI INNOVATSION MEXANIZMLAR: XALQARO TAJRIBA ASOSIDA O'ZBEKISTON UCHUN YECHIMLAR

Maqolada import qilinadigan tovarlarning bojxona deklaratsiyasida qiymatini sun'iy pasaytirish (undervaluation) muammosi tahlil qilinadi. Germaniya, Polsha, Singapur va Estoniya tajribasi asosida O‘zbekistonda tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan uchta zamonaviy mexanizm taklif qilinadi: Real-Time Customs Price API, Importchilar uchun Reputatsiya Reytingi va Blockchain Invoice Registry. Ushbu mexanizmlar narx manipulyatsiyasini kamaytirish, bojxona daromadlarini oshirish va halol raqobatni ta’minlashga xizmat qiladi.


17.11.2025 Volume Issue View more Download
ELEKTRON DIDAKTIK MATERIALLARDAN FOYDALANIB “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda elektron didaktik materiallardan foydalanishning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, elektron materiallar o‘qitish jarayonini interfaol muhitga aylantirib, talabalarda mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, o‘qituvchilarga dars jarayonini optimallashtirish, vaqtni tejash va individual yondashuvni qo‘llash imkonini beradi.


17.11.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor